Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat mahallada Deputat so‘roviga asosan: Kultepa MFYdagi tibbiyot filialidagi muammolar va mas'ullarning javobi
янв.21
Deputat mahallada Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasi oldidan: “Muratali” MFY aholisi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Deputat mahallada Fayzobod MFYda xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Deputat mahallada Fayzobod MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish holati o‘rganildi
янв.21
Deputat mahallada Fayzobod MFYda yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash holati o‘rganildi
янв.21
Deputat mahallada Mahalliy byudjet va iqtisodiy islohotlar doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Deputat mahallada Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Deputat mahallada Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasi oldidan: “Fayzobod” MFY aholisi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Deputat mahallada Mitan MFYda hokim yordamchisi faoliyati va kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputat mahallada Ko‘ltepa MFYda aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish borasidagi monitoring
“Abdurahmon Jomiy” mahallasida o‘rganish: deputatlik nazorati amalda

Bugun Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Temirov 24-"Abdurahmon Jomiy" saylov okrugidan saylangan deputat A.Tog‘aymuratov saylov okrugiga qarashli “Abdurahmon Jomiy” mahallasida navbatdagi nazorat-o‘rganish tadbirlarini o‘tkazdilar.

O‘rganish davomida deputatlar faoliyatining "24 ta eng muhim ustuvor yo‘nalishi" asosida mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy holat, aholi bilan ishlash tizimi hamda "mahalla yettiligi" faoliyatining samaradorligi atroflicha tahlil qilindi.

💬 Mahalla raisi faoliyati yuzasidan hududdagi ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligi, "mahallabay" ishlash tizimi, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish, obodonlashtirish hamda aholi muammolarini manzilli hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

💬 Hokim yordamchisi faoliyati bo‘yicha kambag‘allikni qisqartirish, aholini doimiy daromad manbai bilan ta'minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, imtiyozli kredit va subsidiya dasturlaridan samarali foydalanish hamda bandlikni ta'minlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.

💬 Yoshlar yetakchisi faoliyati doirasida yoshlar bandligini ta'minlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sport va ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarga jalb etish hamda "Yoshlar daftari" bilan ishlash holati tahlil qilindi.

🤝 O‘rganish davomida "mahalla yettiligi" a'zolarining o‘zaro hamkorligi, davlat organlari bilan muvofiqlashtirilgan ishlash tizimi hamda aholi murojaatlariga tezkor munosabat bildirish amaliyoti yuzasidan mas'ullar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

✅ Tadbir yakunida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Xususan, mahalla faollarining ish samaradorligini oshirish, "mahalla yettiligi"ning o‘zaro hamkorligini yanada mustahkamlash, kambag‘allikni qisqartirish, yoshlar bandligini ta'minlash hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash sifatini yaxshilash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

🏛 Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi tomonidan joylarda olib borilayotgan bunday o‘rganishlar mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati ustidan ta'sirchan deputatlik nazoratini kuchaytirish, qonun hujjatlari ijrosini ta'minlash hamda mahallalarda aholi farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda. 

Slide 1 of 2