Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat mahallada Deputat so‘roviga asosan: Kultepa MFYdagi tibbiyot filialidagi muammolar va mas'ullarning javobi
янв.21
Deputat mahallada Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasi oldidan: “Muratali” MFY aholisi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Deputat mahallada Fayzobod MFYda xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Deputat mahallada Fayzobod MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish holati o‘rganildi
янв.21
Deputat mahallada Fayzobod MFYda yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash holati o‘rganildi
янв.21
Deputat mahallada Mahalliy byudjet va iqtisodiy islohotlar doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Deputat mahallada Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Deputat mahallada Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasi oldidan: “Fayzobod” MFY aholisi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Deputat mahallada Mitan MFYda hokim yordamchisi faoliyati va kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputat mahallada Ko‘ltepa MFYda aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish borasidagi monitoring
🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida muhokama qilinishi rejalashtirilgan masalalar yuzasidan o‘rganish olib borildi.

🤝 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputatlari T.Yaqubov, M.Kariyev, M.Nurjanova hamda kotibiyat xodimi U.Ruzmetov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Shovot tumanidagi Xalq qabulxonasi mas’ul xodimi Izzat Jumabayevning 2026-yil II chorakdagi faoliyati yuzasidan o‘rganish olib borildi.
📌 Asosiy ko‘rsatkichlar:
📨 Prezidentning Virtual va Xalq qabulxonalariga 2 096 ta murojaat kelib tushgan.
✅ Shundan 1 831 tasi ko‘rib chiqilgan va 1 674 tasi (91,4%) qanoatlantirilgan.
✔️ 697 ta murojaat ijobiy hal etilgan.
ℹ️ 958 ta murojaat huquqiy ma’lumot berish orqali hal qilingan.
📝 57 ta murojaat bo‘yicha tushuntirish berilgan.
⏳ 265 ta murojaat ko‘rib chiqish jarayonida.
👥 Deputatlar ishtirokida 35 ta murojaat o‘rganilib, shundan:
✅ 20 tasi ijobiy hal etildi;
📖 13 tasiga huquqiy maslahat berildi;
🔍 2 tasi o‘rganish jarayonida.
📊 Davlat organlari va tashkilotlarda murojaatlar bilan ishlash holati yuzasidan:
🔹 3 ta o‘rganish;
🔹 24 ta tahlil;
🔹 34 ta ko‘rsatma;
🔹 6 ta taqdimnoma;
🔹 2 ta taklif;
🔹 2 ta axborot xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga kiritildi.
⚖️ Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan:
⚠️ 3 nafar xodim ogohlantirildi;
📋 1 nafar xodimga hayfsan berildi;
🚫 1 nafar xodim lavozimidan ozod etildi.
📈 O‘tgan yilning mos davriga nisbatan murojaatlar soni 274 taga (15%) oshgan.
🏘 Eng ko‘p murojaatlar:
📍 Paxtakor
📍 Bo‘ston
📍 Mevazor
📍 Bo‘yrachi
📍 Istiqbol mahallalaridan kelib tushgan.
🔄 324 ta takroriy murojaat qayd etilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilga nisbatan 16 foizga ko‘p.
📍 2026-yilning 1-yarmida 326 ta sayyor qabul o‘tkazilib, ularda ko‘tarilgan 760 ta masalaning 312 tasi (41%) ijobiy hal etilgan.
🎯 O‘rganish yakunida murojaatlar bilan ishlash sifatini yanada oshirish, takroriy murojaatlar sabablarini chuqur tahlil qilish, aholi muammolarini joyida hal etish hamda davlat organlari mas’uliyatini kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4