Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat mahallada Deputat so‘roviga asosan: Kultepa MFYdagi tibbiyot filialidagi muammolar va mas'ullarning javobi
янв.21
Deputat mahallada Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasi oldidan: “Muratali” MFY aholisi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Deputat mahallada Fayzobod MFYda xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Deputat mahallada Fayzobod MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish holati o‘rganildi
янв.21
Deputat mahallada Fayzobod MFYda yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash holati o‘rganildi
янв.21
Deputat mahallada Mahalliy byudjet va iqtisodiy islohotlar doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Deputat mahallada Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Deputat mahallada Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasi oldidan: “Fayzobod” MFY aholisi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Deputat mahallada Mitan MFYda hokim yordamchisi faoliyati va kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputat mahallada Ko‘ltepa MFYda aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish borasidagi monitoring
Mahalladagi ochiq muloqotlar xalq vakillari va aholi munosabatlarini mustahkamlashga xizmat qiladi

 ✅ Deputat o‘z saylov okrugidagi saylovchilar bilan aholining muammolarini bevosita joyida o‘rganish va ularga ijobiy yechim topish maqsadida
ochiq muloqot o‘tkazdi. Ya’ni toza ichimlik suvi tarmog‘i va eskirgan elektr simyog‘ochlarini yangilash, suyultirilgan gaz ta’minotini yaxshilash, shuningdek ichki yo‘llarning shag‘al yotqizilgan qismini asfaltlash, ta’mirtalab ko‘chalarni tartibga keltirish, kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning murojaatlarini hal etish, mahalladagi ishsiz fuqarolar, ayniqsa, yoshlarning bandligini ta’minlash va ularni kasb-hunarga yo‘naltirish kabi masalalar muhokamalar markazidan o‘rin oldi.
 

✅ Uchrashuv davomida deputat fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlarni tingladi. Hal etilishi vaqt talab etadigan masalalar nazoratga
olinib, tegishli tashkilotlar hamkorligida hal qilish choralari ko‘rilishini bildirdi.
 

📌 Qumariq mahallasida jigar serrozi bilan kasallangan bemorga yordam ko‘rsatish - jigar ko‘chirish operatsiyasi uchun ketadigan xarajatlarni mahalla faollari, nuroniylar hamda tadbirkorlar bilan homiylar yordamida amalga oshirilishi kelishib olindi. 

🔹 Mahallalardagi bunday ochiq muloqotlar xalq vakillari va aholi munosabatlarini mustahkamlab, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga xizmat qiladi, albatta. 

  🇺🇿 Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi  

Slide 1 of 1