Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat mahallada DEPUTAT OKRUGIDA: 50 million so‘mlik imtiyozli kredit hisobiga 12 nafar xotin-qizning bandligi ta'minlandi
янв.21
Deputat mahallada DEPUTAT OKRUGIDA: Milliy hunarmandchilik orqali xotin-qizlar uyda o‘tirgan holda ish bilan ta'minlanmoqda
янв.21
Bo'libo'tgan sessiy 27-sessiyda SESSYA JARAYONI: 7-chaqiriq 27-sessiya kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan doimiy komissiya xulosalari shiib eshitirildi.
янв.21
Deputat mahallada Mahalla xotin-qizlar faoli faoliyati va "Ayollar daftari" ro‘yxati deputatlar nazoratida
янв.21
Deputat mahallada Mahallalarda sport majmualari holati deputatlar e’tiborida
янв.21
Deputat mahallada Deputatlik nazorati: Cheka hududlarda tibbiy xizmat sifati va aholi roziligi bosh mezon
янв.21
Deputat mahallada Deputatlik nazorati: Kultepa oilaviy poliklinikasida bepul dori-darmon ta’minoti va zaxirasi o‘rganildi
янв.21
Deputat mahallada Budjet mablag‘lari nazoratda: Okrug deputati maktabdagi sharoitlarni ko‘zdan kechirdi
янв.21
Deputat mahallada DEPUTAT NAZORATI: “Kultepa” mahallasida yoshlar bandligi va besh tashabbus ijrosi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Deputat mahallada Ijtimoiy himoya — e’tibor va amaliy ko‘mak markazida
Deputat saylovchilar bilan uchrashib, hududdagi muammolarni o‘rgandi.

Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan hududdagi mavjud muammolar, jumladan ichki yo‘llar holati, kommunal xizmatlar sifati, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash hamda yo‘l belgilari o‘rnatish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.

Deputat tomonidan mahalladagi muammolar joyiga chiqqan holda o‘rganilib, umumiy hisobda 10 dan ortiq dolzarb masalalar mavjudligi aniqlandi.

Jumladan, Guliston ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqaro A. Ibrohimov transport vositalari harakati yuqori bo‘lganligi sababli ko‘chaga tegishli yo‘l belgilari va ogohlantiruvchi vositalarni o‘rnatish zarurligini ma’lum qildi.

Ko‘tarilgan murojaatlar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborish hamda muammolarni bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi.

Aholi bilan ochiq muloqot qilish, ularni qiynayotgan masalalarni joyida o‘rganish va yechim topish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 3