Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat mahallada Hududlarda aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputat mahallada “Birlik” mahallasida xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputat mahallada “Birlik” mahallasida ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish va kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash holati o‘rganildi
янв.21
Deputat mahallada Ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatish sifati va hududdagi kommunal muammolar o‘rganildi
янв.21
Deputat mahallada «Ko‘chama-ko‘cha» yurib, aholi dardi tinglanmoqda: Deputatlarning o‘rganishlari davom etmoqda
янв.21
Deputat mahallada Madaniyat va ta’lim maskanlari holati deputatlik nazoratida
янв.21
Deputat mahallada Yoshlar va sport: Maktablardagi sport inshootlari samaradorligi o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat mahallada DEPUTAT OKRUGIDA: 50 million so‘mlik imtiyozli kredit hisobiga 12 nafar xotin-qizning bandligi ta'minlandi
янв.21
Deputat mahallada DEPUTAT OKRUGIDA: Milliy hunarmandchilik orqali xotin-qizlar uyda o‘tirgan holda ish bilan ta'minlanmoqda
янв.21
Bo'libo'tgan sessiy 27-sessiyda SESSYA JARAYONI: 7-chaqiriq 27-sessiya kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan doimiy komissiya xulosalari shiib eshitirildi.
♻️ MAHALLADA CHIQINDILARNI O‘Z VAQTIDA OLIB CHIQISH HOLATI O‘RGANILDI

🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyat mudiri I. Masharipov hamda tuman Kengashi deputati M. Kariyev hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Shovot tumani Kengashining jamoatchilik ishlari bo‘yicha raisi R.Tillayevlar tasdiqlangan reja-grafik asosida mahalla hududlarida maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish holatini o‘rgandilar.
🔍 O‘rganish davomida hududlarda sanitariya holati, chiqindilarni yig‘ish maydonchalari, konteynerlarning holati hamda chiqindilarni olib chiqish xizmatlarining tashkil etilishi ko‘zdan kechirildi.
♻️ Shuningdek, mas’ul tashkilotlar vakillari bilan suhbat o‘tkazilib, hududlar tozaligini ta’minlash, chiqindilarni belgilangan muddatlarda olib chiqish hamda ekologik madaniyatni yuksaltirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
✅ Bunday o‘rganishlar aholi uchun qulay va obod muhit yaratish, sanitariya holatini yaxshilash hamda mahallalarda tozalikni ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4