Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat mahallada Salomatlik — eng oliy qadriyat: Mingtepa oilaviy poliklinikasidagi sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Deputat mahallada Bog‘chalardagi sharoitlar: Ta’minot yaxshi, ammo tozalikka e’tibor kerak
янв.21
Deputat mahallada Ijtimoiy himoya — e’tiborda: Mahallalardagi ijtimoiy xodimlar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat mahallada Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligi — deputatlar nazoratida
янв.21
Deputat mahallada Yoshlar siyosati va bandlik: Mahallalardagi besh tashabbus ijrosi deputatlar nazoratida
янв.21
Deputat mahallada Maktablarda sport va infratuzilma: Deputatlar e’tiborida
янв.21
Deputat mahallada Maktablarda zamonaviy sharoitlar: Qaror ijrosi amalda
янв.21
Deputat mahallada
янв.21
Deputat mahallada Sog‘lom avlod — yurt kelajagi: Tuman sport maktabidagi sharoitlar deputatlar nazoratida
янв.21
Deputat mahallada Bog‘chami yoki xavf manbai? 17-MTMdagi ayanchli holat deputatlar nazoratida
Tumanimizdagi deputatlarimiz ishtirokida barcha maktablarda o'tkazilgan "So'nggi qo'ng'iroq" tadbirlari

Xalq deputatlari Bektemir tumani Kengashi deputati Abduraxmanov Nurilla Lyutpullaevich Bektemir tumanidagi o‘zini 3 – Roxat saylov okrugida joylashgan 293-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.

Tadbir davomida bitiruvchilarga samimiy tilaklar bildirilib, ularning kelgusi hayot yo‘lida ulkan muvaffaqiyatlar, yurtimiz ravnaqi yo‘lida munosib farzand bo‘lib yetishishlari tilab o‘tildi. Shuningdek, maktab jamoasi, fidoyi ustozlar va ota-onalarning mehnati alohida e’tirof etildi.

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” — har bir yoshning hayotida unutilmas va mas’uliyatli palla hisoblanadi. Bugungi bitiruvchilar ertangi kunning yetuk mutaxassislari, Vatanimiz tayanchi bo‘lib kamol topishiga ishonch bildirildi.

Tadbir ko‘tarinki ruh va bayramona kayfiyatda o‘tdi.

Slide 1 of 4