Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat mahallada Salomatlik — eng oliy qadriyat: Mingtepa oilaviy poliklinikasidagi sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Deputat mahallada Bog‘chalardagi sharoitlar: Ta’minot yaxshi, ammo tozalikka e’tibor kerak
янв.21
Deputat mahallada Ijtimoiy himoya — e’tiborda: Mahallalardagi ijtimoiy xodimlar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat mahallada Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligi — deputatlar nazoratida
янв.21
Deputat mahallada Yoshlar siyosati va bandlik: Mahallalardagi besh tashabbus ijrosi deputatlar nazoratida
янв.21
Deputat mahallada Maktablarda sport va infratuzilma: Deputatlar e’tiborida
янв.21
Deputat mahallada Maktablarda zamonaviy sharoitlar: Qaror ijrosi amalda
янв.21
Deputat mahallada
янв.21
Deputat mahallada Sog‘lom avlod — yurt kelajagi: Tuman sport maktabidagi sharoitlar deputatlar nazoratida
янв.21
Deputat mahallada Bog‘chami yoki xavf manbai? 17-MTMdagi ayanchli holat deputatlar nazoratida
Nogironligi mavjud fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ko‘maklar o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat B.Kamalov tomonidan tumanning “Barraj” mahallasida nogironligi mavjud fuqarolarga ko‘rsatilayotgan moddiy va amaliy yordam faoliyati o‘rganildi. Monitoring jarayonida aholi ehtiyojlari va mavjud xizmatlarning samaradorligi baholandi.

🔺O‘rganish davomida nogironligi bo‘lgan fuqarolar va ularning oilalari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ularning kundalik hayoti, ijtimoiy yordam va imkoniyatlardan foydalanish holati o‘rganildi. Mahalla va ijtimoiy xizmatlar tomonidan taqdim etilayotgan yordamlar, jumladan moddiy ko‘mak, dori-darmon, maxsus jihozlar va boshqa qo‘llab-quvvatlash choralarining samaradorligi tahlil qilindi.

🔺Nogironligi bo‘lgan fuqarolar hayot sifatini yaxshilash, ularning ijtimoiy himoyasini mustahkamlash va barcha imkoniyatlardan samarali foydalanishini ta’minlash ishlar deputat tomonidan doimiy nazoratga olindi.

Slide 1 of 1