Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat mahallada Salomatlik — eng oliy qadriyat: Mingtepa oilaviy poliklinikasidagi sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Deputat mahallada Bog‘chalardagi sharoitlar: Ta’minot yaxshi, ammo tozalikka e’tibor kerak
янв.21
Deputat mahallada Ijtimoiy himoya — e’tiborda: Mahallalardagi ijtimoiy xodimlar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat mahallada Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligi — deputatlar nazoratida
янв.21
Deputat mahallada Yoshlar siyosati va bandlik: Mahallalardagi besh tashabbus ijrosi deputatlar nazoratida
янв.21
Deputat mahallada Maktablarda sport va infratuzilma: Deputatlar e’tiborida
янв.21
Deputat mahallada Maktablarda zamonaviy sharoitlar: Qaror ijrosi amalda
янв.21
Deputat mahallada
янв.21
Deputat mahallada Sog‘lom avlod — yurt kelajagi: Tuman sport maktabidagi sharoitlar deputatlar nazoratida
янв.21
Deputat mahallada Bog‘chami yoki xavf manbai? 17-MTMdagi ayanchli holat deputatlar nazoratida
Termizda “Yashil jamoat parki” loyihasi muhokama markazida

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-noyabrdagi PF–199-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-martdagi 156-son qarori ijrosi doirasida Termiz shahridagi “Do‘stlik” mahallasi hududida 0,20 gektar maydonda tashkil etilishi rejalashtirilayotgan “Yashil jamoat parki” loyihasi atroflicha muhokama qilinmoqda.

▶️Muhokamalar davomida shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi boshlig‘i S. Qurbonov tomonidan loyiha yuzasidan hisobot taqdim etildi. Deputatlar va komissiya a’zolari tomonidan loyiha ijrosi, ajratilayotgan mablag‘larning samaradorligi, hududning ekologik holatini yaxshilash hamda aholi uchun qulay yashil maskan yaratish masalalari tanqidiy-tahliliy ruhda ko‘rib chiqildi.

▶️Ta’kidlanishicha, “Mening bog‘im” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan bunday tashabbuslar shahar ekologik barqarorligini ta’minlash, aholining ekologik madaniyatini oshirish va yashillik darajasini kengaytirishga xizmat qiladi.

🫥 “Yashil makon” — kelajak avlod uchun sog‘lom va qulay muhit yaratish sari muhim qadam.

Slide 1 of 3