Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat mahallada Salomatlik — eng oliy qadriyat: Mingtepa oilaviy poliklinikasidagi sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Deputat mahallada Bog‘chalardagi sharoitlar: Ta’minot yaxshi, ammo tozalikka e’tibor kerak
янв.21
Deputat mahallada Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligi — deputatlar nazoratida
янв.21
Deputat mahallada Ijtimoiy himoya — e’tiborda: Mahallalardagi ijtimoiy xodimlar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat mahallada Yoshlar siyosati va bandlik: Mahallalardagi besh tashabbus ijrosi deputatlar nazoratida
янв.21
Deputat mahallada Maktablarda sport va infratuzilma: Deputatlar e’tiborida
янв.21
Deputat mahallada Maktablarda zamonaviy sharoitlar: Qaror ijrosi amalda
янв.21
Deputat mahallada
янв.21
Deputat mahallada Sog‘lom avlod — yurt kelajagi: Tuman sport maktabidagi sharoitlar deputatlar nazoratida
янв.21
Deputat mahallada Bog‘chami yoki xavf manbai? 17-MTMdagi ayanchli holat deputatlar nazoratida
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

 Yig‘ilishga komissiya raisi Bekniyazov Baxramjon Kamiljonovich raislik qildi. Unda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari, hokimlik qurilish bo‘limi xodimi, soliq inspeksiyasi xodimi hamda Ekspert guruhi a’zolari ishtirok etdi. 

Yig‘ilish davomida:
🔹 mahalliy byudjet masalalari
🔹 iqtisodiy islohotlar samaradorligi
🔹 kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan vazifalar muhokama qilindi. 

💰 Shuningdek, tuman hokimining birinchi o‘rinbosari S.Allambergenovning:
🔹 2026-yil mahalliy byudjetining erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish
🔹 “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish yuzasidan
hisobotlari tinglandi. 

Hokimlik qurilish bo‘limi xodimi tomonidan:
“Mening bog‘im” loyihalarini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi bo‘yicha
axborot berildi. 

📈 Yig‘ilish so‘ngida soliq inspeksiyasi xodimi tomonidan:
2026-yil 1-choragida byudjet daromadlarini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot eshitildi. 

📌 Ko‘rib chiqilgan masalalar bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirilib, doimiy komissiya faoliyati samaradorligini yanada oshirish muhimligi ta’kidlandi.  

Slide 1 of 4