📍 Xalq deputatlari G'.Ollomov tomonidan Bog‘bon va Bo‘yrachi mahallalarida saylovchilar bilan ochiq muloqot va sayyor qabul o‘tkazildi.
🗣 Qabul davomida fuqarolar tomonidan hududdagi dolzarb masalalar — ichki yo‘llarning holatini yaxshilash, ijtimoiy yordam masalalari hamda aholini ish bilan ta’minlash bo‘yicha bir qator murojaatlar ilgari surildi.
📑 Barcha murojaatlar deputat tomonidan batafsil tinglanib, joyida o‘rganildi hamda ularni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli mas’ul tashkilotlarga deputat so‘rovlari yuborilishi belgilandi.
🤝 Uchrashuv yakunida ko‘tarilgan masalalarni tizimli hal etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi hamda aholi bilan ochiq va samarali muloqot davom ettirilishi ta’kidlandi.