11-OSHP hududida aholi o‘rtasida ko‘z kasalliklarini erta aniqlash va samarali davolash maqsadida xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati N.Allayorova tashabbusi bilanbepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Ushbu tashabbus orqali fuqarolar malakali mutaxassislar ko‘rigidan o‘tib, o‘z salomatligiga befarq emasliklarini yana bir bor namoyon etmoqda.
Tadbir davomida ko‘z kasalliklarining oldini olish, erta bosqichda aniqlash va davolash bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi. Bu kabi amaliy ishlar aholi salomatligini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Sog‘lom jamiyat — barqaror kelajak garovi!