Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat mahallada DEPUTAT VA XOTIN-QIZLAR BANDLIGI: E’TIBORDAGI MASALALAR
янв.21
Deputat mahallada DEPUTAT VA XALQ: MUAMMOLARGA AMALIY YECHIM
янв.21
Deputat mahallada DEPUTAT VA XALQ: TADBIRKORLIK — FAROVONLIK ASOSI
янв.21
Deputat mahallada Jamoat transporti qatnovi va aholi qulayligi — deputat e’tiborida
янв.21
Deputat mahallada Ijtimoiy himoya va manzilli ko‘mak — deputat nazoratida
янв.21
Deputat mahallada Bepul dori-darmon ta’minoti deputat nazoratida
янв.21
Deputat mahallada
янв.21
Deputat mahallada Ma’naviyat maskanlari va kitobxonlik muhiti deputat nazoratida
янв.21
Deputat mahallada Sport obyektlari holati va “Ochiq budjet” natijalari — deputat nazoratida
янв.21
Deputat mahallada Yo‘l harakati xavfsizligi va hudud obodligi — deputat nazoratida
Deputat mahalla fuqarolar yig’ini xodimlari faoliyati bilan tanishdi.

10- Chelong’u saylov okrugi deputati M.Bozorov hamda tuman Kengashi kotibiyat mutaxassisi G.Soliyevalar ishtirokida mahalla fuqarolar yig’ini xodimlarning kundalik ish faoliyati, aholi bilan ishlash samaradorligi hamda amalga oshirilayotgan ijtimoiy loyihalar deputat ishtirokida keng muhokama qilinib, atroflicha tahlil qilindi. Mahalla raisi tomonidan hududda olib borilayotgan ishlar, aholi muammolarini hal etish borasidagi chora-tadbirlar, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo’llab-quvvatlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

 

Shuningdek, yoshlar yetakchisining faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi. Yoshlarni bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo’naltirish, bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo’yicha olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi. Yoshlar o’rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, sport va madaniy tadbirlarni tashkil etish borasidagi sa’y-harakatlar ijobiy baholandi.

 

Xotin-qizlar faoli tomonidan ayollarni qo’llab-quvvatlash, ularni tadbirkorlikka jalb etish, bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy muammolarini hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Ayollar o’rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar, turli o’quv kurslari va kasbga o’qitish ishlari yo’lga qo’yilgani ta’kidlandi.

 

Profilaktika inspektori faoliyati ham atroflicha o’rganilib, hududda jinoyatchilikni oldini olish, huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish, aholi xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko’rib chiqildi. Aholi bilan yaqin muloqot o’rnatish, tushuntirish ishlarini kuchaytirish orqali tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashga qaratilgan choralar muhokama etildi.

Dyeputat tomonidan mahalladagi ishlarni yanada takomillashtirish, aholi muammolariga tezkor va samarali yechim topish, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlashni kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va ko’rsatmalar berildi.


 

Slide 1 of 1