Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Piskentda Xotira va qadrlash kuni: Deputatlar va jamoatchilik ajdodlar xotirasini yod etdi Bugun Piskent tumani
янв.21
Deputat mahallada Davlat xizmatlari sifati — deputat nazoratida
янв.21
Deputat mahallada Tibbiy xizmat sifati va sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Deputat mahallada Kitob — bilim manbai: Maktab kutubxonalaridagi sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Deputat mahallada Mahalla xotin-qizlar faoli faoliyati — deputat e’tiborida
янв.21
Deputat mahallada Ijtimoiy himoya — e’tibor va amaliy ko‘mak markazida
янв.21
Deputat mahallada Davlat xizmatlari — raqamli va shaffof tizim nigohida
янв.21
Deputat mahallada Bolajonlar e’tiborda: Bog‘chadagi sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Deputat mahallada Ichimlik suvi muammosi deputat va mahalla raisi diqqat markazida
янв.21
Deputat mahallada Inson qadri uchun: Deputat ko‘magi va ijtimoiy himoya
Deputat E.Sadikova tomonidan “Mustaqillik” mahalla fuqarolar yig’inida fuqarolarni murojaatlarini o‘rganish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi 25-"Mustaqillik‘" saylov okrugi deputati E.Sadikova tomonidan “Mustaqillik” mahalla fuqarolar yig’inida fuqarolarni murojaatlarini o‘rganish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi. 

Uchrashuv davomida mahalla ettiligi hamda yoshlar yetakchisi hamkorligida mahalladagi mavjud muammolar, aholini qiynayotgan masalalar va ularning amaliy yechimlari atroflicha muhokama qilindi.

Har oyda “Muammo va yechim” ochiq qabul kunlarini tashkil etish orqali aholi murojaatlarini tizimli hal qilish, Yoshlar bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazib, ularning qiziqishlari yuzasidan sohaga yo‘naltirish hamda ularni taklif va g’oyalarini qo‘llab-quvvatlash va amaliy yordam berish masalasi ko‘rib chiqildi.

“Mustaqillik” mahalla fuqarolar yig’ini yoshlar yetakchisi B.Ahmedov bilan Oliy ta’lim muassasasida o‘qiyotgan yoshlarni kontrakt to‘lovlari hamda ularni bandligi bo‘yicha suhbat o‘tkazildi. Mavjud muammolarni hal qilish bo‘yicha kerakli tavsiyalar berildi. Uchrashuv yakunida deputat tomonidan barcha ko‘tarilgan masalalar shaxsiy nazoratga olinib, amaliy yechimlar yuzasidan aniq muddat va mas’ullar belgilab olindi.

Slide 1 of 2