Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat mahallada DEPUTAT VA XOTIN-QIZLAR BANDLIGI: E’TIBORDAGI MASALALAR
янв.21
Deputat mahallada DEPUTAT VA XALQ: MUAMMOLARGA AMALIY YECHIM
янв.21
Deputat mahallada DEPUTAT VA XALQ: TADBIRKORLIK — FAROVONLIK ASOSI
янв.21
Deputat mahallada Jamoat transporti qatnovi va aholi qulayligi — deputat e’tiborida
янв.21
Deputat mahallada Ijtimoiy himoya va manzilli ko‘mak — deputat nazoratida
янв.21
Deputat mahallada Bepul dori-darmon ta’minoti deputat nazoratida
янв.21
Deputat mahallada
янв.21
Deputat mahallada Ma’naviyat maskanlari va kitobxonlik muhiti deputat nazoratida
янв.21
Deputat mahallada Sport obyektlari holati va “Ochiq budjet” natijalari — deputat nazoratida
янв.21
Deputat mahallada Yo‘l harakati xavfsizligi va hudud obodligi — deputat nazoratida
Deputatlar poliklinikadagi tibbiy xizmat sifatini o‘rgandilar

Deputatlar poliklinikadagi tibbiy xizmat sifatini o‘rgandilar

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat mudiri O‘.Rajabov, deputatlar D.Yodgorova hamda A.Kamolovlar ishtirokida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi. Bu galgi manzil — “Chinor” MFYda joylashgan 74-sonli oilaviy poliklinika bo‘ldi.

O‘rganish davomida asosiy e’tibor quyidagi masalalarga qaratildi:

Bepul dori-darmon ta’minoti: Davlat tomonidan ajratilayotgan bepul dori vositalarining haqiqatda ehtiyojmand bemorlarga yetib borishi va dorixonadagi mavjud zaxiralar ko‘zdan kechirildi.

Poliklinikaga tashrif buyurgan fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar, shifokorlar ko‘rigi va tibbiy xodimlarning muomala madaniyati o‘rganildi.

Tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayonida navbatlarning tartibga solingani va zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlanish holati tahlil qilindi.