Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat mahallada DEPUTAT VA XOTIN-QIZLAR BANDLIGI: E’TIBORDAGI MASALALAR
янв.21
Deputat mahallada DEPUTAT VA XALQ: TADBIRKORLIK — FAROVONLIK ASOSI
янв.21
Deputat mahallada DEPUTAT VA XALQ: MUAMMOLARGA AMALIY YECHIM
янв.21
Deputat mahallada Jamoat transporti qatnovi va aholi qulayligi — deputat e’tiborida
янв.21
Deputat mahallada Ijtimoiy himoya va manzilli ko‘mak — deputat nazoratida
янв.21
Deputat mahallada Bepul dori-darmon ta’minoti deputat nazoratida
янв.21
Deputat mahallada
янв.21
Deputat mahallada Ma’naviyat maskanlari va kitobxonlik muhiti deputat nazoratida
янв.21
Deputat mahallada Sport obyektlari holati va “Ochiq budjet” natijalari — deputat nazoratida
янв.21
Deputat mahallada Yo‘l harakati xavfsizligi va hudud obodligi — deputat nazoratida
Deputat saylovchilarga axborot berdi

🔷O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashiga 20-“Xumson” okrugidan saylangan deputat T.Mirsidiqov tumanning “Xumson” mahallasida saylovchilariga 2026-yil birinchi chorak davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborot berdi.

🔷Uchrashuvda O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tuman kengash raisi N.Tursunova, “mahalla yettiligi” a’zolari, kotibiyat xodimi N.Kurganova tegishli tashkilot va korxona mas’ullari ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida deputat tomonidan 2026-yilning birinchi choragi mobaynida amalga oshirilgan ishlar, jumladan, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etish, aholi murojaatlarini ko‘rib chiqish, bandlikni ta’minlash, infratuzilmani yaxshilash hamda qonunchilik ijrosi yuzasidan olib borilgan ishlar haqida batafsil axborot berildi. 

🔷Shuningdek, tadbirda fuqarolar tomonidan suyultirilgan gaz ta’minotidagi muammolar, maktabgacha ta’lim tashkiloti hamda dorixona tashkil qilish, obodonlashtirish va atrof-muhitni muhofaza qilish, 19-sonli umumta’lim maktabi oldiga kuzatuv kamera o‘rnatish, mini stadion barpo qilish yuzasidan murojaatlar bildirildi. Deputat tomonidan barcha murojaatlar tegishli tartibda ko‘rib chiqilishi va mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ijobiy hal etilishi yuzasidan choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.

🔷Uchrashuv yakunida saylovchilar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, kelgusidagi ustuvor vazifalar va rejalashtirilgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

Slide 1 of 6