Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Piskentda Xotira va qadrlash kuni: Deputatlar va jamoatchilik ajdodlar xotirasini yod etdi Bugun Piskent tumani
янв.21
Deputat mahallada Davlat xizmatlari sifati — deputat nazoratida
янв.21
Deputat mahallada Tibbiy xizmat sifati va sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Deputat mahallada Kitob — bilim manbai: Maktab kutubxonalaridagi sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Deputat mahallada Mahalla xotin-qizlar faoli faoliyati — deputat e’tiborida
янв.21
Deputat mahallada Ijtimoiy himoya — e’tibor va amaliy ko‘mak markazida
янв.21
Deputat mahallada Davlat xizmatlari — raqamli va shaffof tizim nigohida
янв.21
Deputat mahallada Bolajonlar e’tiborda: Bog‘chadagi sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Deputat mahallada Ichimlik suvi muammosi deputat va mahalla raisi diqqat markazida
янв.21
Deputat mahallada Inson qadri uchun: Deputat ko‘magi va ijtimoiy himoya
MAHALLA UYG‘ONDI YOKI....

Xalq deputatlari Bekobod tumani kengashi kotibiyati mudiri, O‘zbekiston MTDPdan saylangan deputat Q.Bobojonov yil boshida Parchayuz mahallasidagi uchrashuvda mahalla “yettiligi”ni aholining imkoniyat va kuchidan foydalanilmayotganligi, odamlarda boqimondalik kuchayib borayotganligini tanqid etgandi. Deputat tanqidi “yettilik”ni va mahallani uyg‘otdi.

Bir oydan buyon mahallaning ko‘chalarida katta hasharlar tashkil qilinib shu kunga qadar  Ma’rifat, Tinchlik ko‘chalarida 1300 metr piyodalar yo‘lagi hashar yo‘li bilan bunyod etildi. Aholi o‘zlariga o‘zlari qulaylik yaratdilar.Hashar odamlarni birlashtirdi, uyushtirdi, yangi rejalar sari yetakladi.

Parchayuzliklar 2026 yil 2-mavsumda “Tashabbusli byudjet” loyihasida g‘olib bo‘lishni niyat qilganlar.

Slide 1 of 3