Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat mahallada MAHALLADA XOTIN-QIZLAR MASALALARI DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
Deputat mahallada "BIRLIK" MAHALLASI — ISHSIZLIKDAN XOLI HUDUD!
янв.21
Deputat mahallada YOSHLAR — KELAJAK POYDEVORI: DEPUTAT VA YOSHLAR YETAKCHISI HAMKORLIGI
янв.21
Deputat mahallada INSON QADRI UCHUN: MAHALLADA IJTIMOIY HIMOYA VA MANZILLI KO‘MAK
янв.21
Deputat mahallada 🍓 Investitsiya — taraqqiyot va bandlik omili
янв.21
Deputat mahallada Ichimlik suvi ta’minotidagi muammolar deputatlar tomonidan o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat mahallada Yoshlar kelajagi — e’tibor va amaliy ko‘makda
янв.21
Deputat mahallada Bolalar maydonchalari — e’tibor va nazoratda
янв.21
Deputat mahallada Kambag‘allikni qisqartirish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash:
янв.21
Deputat mahallada Xotin-qizlar manfaatlari va ijtimoiy himoya — e’tibor markazida
Tumandagi ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganildi

Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar asosida xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi raisi - 15-Baynalminal saylov okrugidan saylangan deputat Nurmahmatov Sayidali Mahmatqulovich tumandagi “At-Termiziy” mahallasi hududida joylashgan ta’lim muassasalarida o‘rganishlar olib bordi.

Xususan, Muzrabot tuman texnikumida yoshlarni kasb-hunar va xorijiy tillarga o‘qitish bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan namunaviy loyiha doirasidagi o‘quv jarayonlari, yaratilgan sharoitlar va amaliy mashg‘ulotlar uchun mo‘ljallangan ustaxonalarda olib borilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Deputat texnikumda yoshlar bilan muloqot qildi. Suhbat davomida yoshlarning qiziqishlari, o‘qish va mutaxassislikka bo‘lgan ehtiyojlari, kelajak rejalari tinglandi.

Ushbu ta’lim muassasasida jami 491 nafar o‘quvchilar quyidagi kasblar yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim olishmoqda.

Jumladan,

-Avtomobillarni taʼmirlash va ularga xizmat koʻrsatish,

- Raqamli axborotlarni qayta ishlash ustasi,

- Payvandlovchi (elektrgazpayvandlash ishlari),

- Tikuvchi,

- Traktorchi mashinist,

- Issiqxona va parnik xoʻjaligi laboranti,

- Kompyuter tizimlarida dasturchi,

- Elektromontyor,

- Yoʻl qurulishi, koʻtarma transport mashina va jixozlarini ishlatish,

- Bino va inshootlar qurilishi.

Sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish borasida ta’lim muassasida yoshlarning sport darslarida qatnashishlari va to‘garaklar uchun sport anjomlari bilan ta’minlanganligi o‘rganildi.

Sport turlari bo‘yicha 4 ta yo‘nalishda to‘garaklar tashkil etilgan. Sportning voleybol, futbol, shaxmat va shashka to‘garaklariga jami 117 nafar o‘quvchi yoshlar ishtirok etishmoqda.

Shuningdek, ta’lim muassasasida kutubxona faoliyati bilan ham tanishildi. Bunda mavjud kitoblar fondi, o‘quvchilar mutolaasi uchun yaratilgan sharoitlar, kitobxonlar obunasiga e’tibor qaratildi.

Deputat o‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli ma’sullarga o‘zining tavsiya va takliflarini berdi.

Slide 1 of 6