Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat mahallada MAHALLADA XOTIN-QIZLAR MASALALARI DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
Deputat mahallada "BIRLIK" MAHALLASI — ISHSIZLIKDAN XOLI HUDUD!
янв.21
Deputat mahallada YOSHLAR — KELAJAK POYDEVORI: DEPUTAT VA YOSHLAR YETAKCHISI HAMKORLIGI
янв.21
Deputat mahallada INSON QADRI UCHUN: MAHALLADA IJTIMOIY HIMOYA VA MANZILLI KO‘MAK
янв.21
Deputat mahallada 🍓 Investitsiya — taraqqiyot va bandlik omili
янв.21
Deputat mahallada Ichimlik suvi ta’minotidagi muammolar deputatlar tomonidan o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat mahallada Yoshlar kelajagi — e’tibor va amaliy ko‘makda
янв.21
Deputat mahallada Bolalar maydonchalari — e’tibor va nazoratda
янв.21
Deputat mahallada Kambag‘allikni qisqartirish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash:
янв.21
Deputat mahallada Xotin-qizlar manfaatlari va ijtimoiy himoya — e’tibor markazida
Yoshlar bilan ochiq muloqot – dolzarb masalalar muhokama markazida

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati  

❗️Yoshlar bilan ochiq muloqot – dolzarb masalalar muhokama markazida

👥 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Jamila Shermuhammedova tomonidan 26-Qozirabod saylov okrugiga qarashli Navbahor MFYda mahalla faollari, mahalla yettiligi hamda Milliy gvardiya qoshidagi musiqa va san’at litseyi yoshlari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

📝 Muloqot davomida bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri – yoshlar o‘rtasida giyohvandlik va jinoyatchilikka qarshi kurashish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-martdagi PF-33-son Farmoni mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi. Xususan, ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish, zo‘ravonlikning oldini olish, yoshlarning huquqiy bilimini oshirish masalalariga alohida urg‘u berildi.

 Deputat tomonidan yoshlarda mustaqil fikr, keng dunyoqarash, intellektual salohiyatni rivojlantirish, o‘z huquqlarini bilish va himoya qilish ko‘nikmalarini shakllantirish muhimligi ta’kidlandi. Shu bilan birga, erta turmush va qarindosh-urug‘ o‘rtasidagi nikohlarning salbiy oqibatlari hayotiy misollar asosida ochib berilib, oila qurishda yetuklik, kasb-hunar va iqtisodiy mustaqillik muhim omil ekani tushuntirildi.

💬 Uchrashuv interfaol va bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tib, yoshlar o‘z fikr-mulohazalarini erkin bildirishdi. Ular o‘z huquqlarini bilish, bilim va hunar egallash, xorijiy tillarni o‘rganish, ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri foydalanish hamda badiiy va mumtoz adabiyotlarni mutolaa qilish zarurligini alohida qayd etdilar.

🏗 Shuningdek, mahalla raisi tomonidan hududdagi muhim muammolardan biri – yoshlar uchun sport maydonchasini rekonstruksiya qilish zarurligi ko‘tarildi. Mazkur masala yuzasidan mahalla faollari, tadbirkorlar va deputatlar hamkorligida amaliy choralar ko‘rishga kelishib olindi. Rejalarga ko‘ra, Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida zamonaviy sport maydonini qayta barpo etish ko‘zda tutilgan.

🔎 Uchrashuv davomida Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida yoshlar bandligi, sport infratuzilmasi, jinoyatchilikning oldini olish, ijtimoiy himoya, ta’lim va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

🔺 Yakunda yoshlar bunday ochiq va mazmunli uchrashuvlar ularning hayotga bo‘lgan qarashlarini ijobiy tomonga o‘zgartirayotganini, o‘z ustida ishlashga undayotganini bildirib, bu kabi muloqotlarni muntazam o‘tkazib borish taklifini ilgari surdilar.

📱 Telegram (https://t.me//poytaxt_deputatlari) 📱 Instagram (https://www.instagram.com/poytaxt_deputatlari) 📱 Facebook (https://www.facebook.com/poytaxtdeputatlari) 📱 YouTube (https://www.youtube.com/@poytaxtdeputatlari) 🔎 E-kengash (https://kengash.gov.uz/news?region_id=14&authority_id=424)

Slide 1 of 10