Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat mahallada MAHALLADA XOTIN-QIZLAR MASALALARI DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
Deputat mahallada "BIRLIK" MAHALLASI — ISHSIZLIKDAN XOLI HUDUD!
янв.21
Deputat mahallada YOSHLAR — KELAJAK POYDEVORI: DEPUTAT VA YOSHLAR YETAKCHISI HAMKORLIGI
янв.21
Deputat mahallada INSON QADRI UCHUN: MAHALLADA IJTIMOIY HIMOYA VA MANZILLI KO‘MAK
янв.21
Deputat mahallada 🍓 Investitsiya — taraqqiyot va bandlik omili
янв.21
Deputat mahallada Ichimlik suvi ta’minotidagi muammolar deputatlar tomonidan o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat mahallada Yoshlar kelajagi — e’tibor va amaliy ko‘makda
янв.21
Deputat mahallada Bolalar maydonchalari — e’tibor va nazoratda
янв.21
Deputat mahallada Kambag‘allikni qisqartirish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash:
янв.21
Deputat mahallada Xotin-qizlar manfaatlari va ijtimoiy himoya — e’tibor markazida
Mahalladagi tarixiy boyliklar holati deputat e'tiborida. Azizon mahallaning boy ma’naviy merosini saqlash, uning tarixi va qadriyatlarini keng targ’ib qilish, shuningdek, fidoiy insonlarning jamiyat taraqqiyotiga qo’shayotgan hissasini munosib baholandi .
14-O’zbekiston saylov okrugi deputati F.Cho’liyeva bilan Xalq deputatlari tuman Kengashi bosh mutaxassisi G.Soliyev Azizon mahallasida fidoiy insonlar faoliyati va saqlanayotgan tarixiy boyliklarni o’rganishdi. Tadbir jamiyat taraqqiyoti, ma’naviy merosni saqlash, milliy qadriyatlar va yoshlarni vatanparvarlik, mehnatsevarlik, ezgulik ruhida tarbiyalashni nazarda tutdi. Tadbir fuqarolar, ta’lim vakillari hamda yoshlar ishtirokida o’tdi va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qildi.Cocoon AI Summary

Azizon mahalla fuqarolar yig’ini hududida faoliyat yuritib kelayotgan fidoiy insonlar faoliyati hamda ular tomonidan asrab-avaylanib kelinayotgan tarixiy boyliklar holati  14-O’zbekiston saylov okrugi deputati F.Cho’liyeva hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi bosh mutaxassisi G.Soliyevalar tomonidan atroflicha ko’zdan kechirildi. Mazkur tadbir mahallaning boy ma’naviy merosini saqlash, uning tarixi va qadriyatlarini keng targ’ib qilish, shuningdek, fidoiy insonlarning jamiyat taraqqiyotiga qo’shayotgan hissasini munosib baholash maqsadida tashkil etildi.

Tadbir doirasida mahallada uzoq yillar davomida samarali mehnat qilib kelayotgan, o’zining fidokorligi va tashabbuskorligi bilan aholi o’rtasida obro’-e’tibor qozongan shaxslar faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Ularning hayot yo’li, amalga oshirgan xayrli ishlari, yosh avlod tarbiyasidagi o’rni va jamoatchilik ishlaridagi ishtiroki alohida e’tibor markazida bo’ldi. Shu bilan birga, ular tomonidan saqlab kelinayotgan va tarixiy ahamiyatga ega bo’lgan qadimiy buyumlar, milliy hunarmandchilik namunalari hamda o’tmishdan darak beruvchi eksponatlar ham ko’zdan kechirildi.

O’rganish jarayonida har bir tarixiy buyumning kelib chiqishi, uning tarixi, qay darajada saqlanayotgani va kelgusi avlodlarga yetkazish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Ayniqsa, bu kabi boyliklarni tizimli ravishda saqlash, ularni ro’yxatga olish, kelgusida mahalliy muzey yoki ko’rgazmalar tashkil etish orqali keng jamoatchilikka taqdim etish muhimligi ta’kidlandi.

Deputat tomonidan bunday tashabbuslar yoshlarni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularda o’z tarixi va ildizlariga nisbatan faxr tuyg’usini shakllantirishda beqiyos ahamiyatga ega ekani qayd etildi. Shuningdek, fidoiy insonlarning hayot tajribasini o’rganish, ularning ibratli faoliyatini ommalashtirish orqali yosh avlodni ezgulik, mehnatsevarlik va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash zarurligiga alohida urg’u berildi.

Tadbir davomida mavjud kamchilik va muammolar ham o’rganilib, ularni bartaraf etish, tarixiy boyliklarni asrab-avaylash ishlarini yanada kuchaytirish, shuningdek, mahallada ma’naviy-ma’rifiy muhitni yanada yuksaltirish bo’yicha aniq taklif va tavsiyalar berildi.

Mazkur o’rganish ishlari mahalladagi faol fuqarolar, ta’lim muassasalari vakillari, yoshlar hamda jamoatchilik ishtirokida o’tkazilib, o’zaro hamjihatlikni mustahkamlash, hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qildi. Bu kabi amaliy ishlar esa mahallaning ijtimoiy-ma’naviy hayotini yuksaltirishda muhim omil bo’lib xizmat qiladi.
 

Slide 1 of 1