Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat mahallada MAHALLADA XOTIN-QIZLAR MASALALARI DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
Deputat mahallada "BIRLIK" MAHALLASI — ISHSIZLIKDAN XOLI HUDUD!
янв.21
Deputat mahallada YOSHLAR — KELAJAK POYDEVORI: DEPUTAT VA YOSHLAR YETAKCHISI HAMKORLIGI
янв.21
Deputat mahallada INSON QADRI UCHUN: MAHALLADA IJTIMOIY HIMOYA VA MANZILLI KO‘MAK
янв.21
Deputat mahallada 🍓 Investitsiya — taraqqiyot va bandlik omili
янв.21
Deputat mahallada Ichimlik suvi ta’minotidagi muammolar deputatlar tomonidan o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat mahallada Yoshlar kelajagi — e’tibor va amaliy ko‘makda
янв.21
Deputat mahallada Bolalar maydonchalari — e’tibor va nazoratda
янв.21
Deputat mahallada Kambag‘allikni qisqartirish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash:
янв.21
Deputat mahallada Xotin-qizlar manfaatlari va ijtimoiy himoya — e’tibor markazida
Bolalar uchun sport zallar holati deputat nazoratida. Bolalarning sog’lom, jismonan baquvvat va ma’nan barkamol bo’lib voyaga yetishida sportning ahamiyati beqiyos.
25-Baynalminal saylov okrugi deputati X.Kalbayeva tomonidan hududdagi bolalar sport zallari holati o‘rganilib, doimiy nazorat ostiga olingan. Sport zallarning umumiy holati, jihozlari, xavfsizlik, yoritish, isitish hamda sanitariya shart-sharoitlari tahlil qilindi. Ayrim zallarda jihozlarni yangilash, ta’mirlash hamda mashg‘ulotlarni samarali tashkil qilish lozimligi aniqlandi. Mazkur ishlar bolalarning sportga katta qiziqish bilan qatnashishiga va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishiga xizmat qiladi.Cocoon AI Summary

Bolalarning sog’lom, jismonan baquvvat va ma’nan barkamol bo’lib voyaga yetishida sportning ahamiyati beqiyosdir. Shu maqsadda hududda bolalar uchun mo’ljallangan sport zallar holati 25-Baynalminal saylov okrugi deputati X.Kalbayeva tomonidan Gazli mahallasidagi umumta’lim maktabning bolalar sport zali atroflicha o’rganilib, doimiy nazoratga olindi.

O’rganish ishlari davomida sport zallarning umumiy holati, moddiy-texnik bazasi, mavjud sport anjomlari va ularning sifati, shuningdek, xavfsizlik talablariga qay darajada javob berishi batafsil tahlil qilindi. Ayrim sport zallarda jihozlarni yangilash, eskirgan anjomlarni almashtirish, ta’mirlash ishlarini amalga oshirish zarurligi aniqlandi. Shu bilan birga, zallardagi yoritish, isitish va shamollatish tizimlari holati ham alohida e’tibor markazida bo’ldi.

Shuningdek, bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ularning mashg’ulotlarni xavfsiz va qulay tarzda o’tkazishi uchun zarur infratuzilmaning mavjudligi ham o’rganildi. Sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilinishi, tozalik darajasi va tartib-intizom holati ham diqqat bilan ko’rib chiqildi.

Nazorat jarayonida sport zallarda faoliyat yuritayotgan murabbiylar malakasi, mashg’ulotlar sifati, bolalarni sportga jalb etish va ularning qiziqishini oshirishga qaratilgan ishlar samaradorligi ham tahlil qilindi. Ayrim joylarda mashg’ulotlarni yanada samarali tashkil etish, zamonaviy usullardan foydalanish va bolalar qamrovini kengaytirish bo’yicha tavsiyalar berildi.

Mazkur nazorat tadbirlari bolalarni ommaviy sportga keng jalb etish, ularning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sog’lom turmush tarzini shakllantirish hamda kelajak avlodning jismonan va ma’nan barkamol bo’lib ulg’ayishiga xizmat qiladi.

  

Slide 1 of 1