Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat mahallada MAHALLADA XOTIN-QIZLAR MASALALARI DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
Deputat mahallada "BIRLIK" MAHALLASI — ISHSIZLIKDAN XOLI HUDUD!
янв.21
Deputat mahallada YOSHLAR — KELAJAK POYDEVORI: DEPUTAT VA YOSHLAR YETAKCHISI HAMKORLIGI
янв.21
Deputat mahallada INSON QADRI UCHUN: MAHALLADA IJTIMOIY HIMOYA VA MANZILLI KO‘MAK
янв.21
Deputat mahallada 🍓 Investitsiya — taraqqiyot va bandlik omili
янв.21
Deputat mahallada Ichimlik suvi ta’minotidagi muammolar deputatlar tomonidan o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat mahallada Yoshlar kelajagi — e’tibor va amaliy ko‘makda
янв.21
Deputat mahallada Bolalar maydonchalari — e’tibor va nazoratda
янв.21
Deputat mahallada Kambag‘allikni qisqartirish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash:
янв.21
Deputat mahallada Xotin-qizlar manfaatlari va ijtimoiy himoya — e’tibor markazida
#96_qonun

✔️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-392-sonli qaroriga muvofiq, hududlarda iqtisodiy faollikni oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va investitsiya loyihalarini kengaytirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Ana shunday muhim tashabbuslardan biri Toyloq tumanida ham izchil davom etmoqda. 

  ✔️Xususan, Urgut erkin iqtisodiy zonasining Toyloq filiali hududida, “Xo‘jaqishloq” massivida joylashgan 15 gektar bo‘sh yer maydonida yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan. Mazkur hududda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari barpo etilib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan zamonaviy korxona tashkil etiladi. 

  ✔️Mazkur loyihaning borishi bilan tanishish maqsadida Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi deputati N.Mo‘minova, tuman hokimining o‘rinbosari Sh.Haydarov, Xo‘jaqishloq mahallasi raisi F.Rahmonqulov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Rajabovalar joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlarini olib bordilar. 

  ✔️O‘rganishlar davomida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Ayni paytda, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash korxonasini tashkil etish bo‘yicha loyiha ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda. Infratuzilmani shakllantirish maqsadida elektr ta’minoti tarmoqlarini tortish ishlari amalga oshirilgani esa loyihaning amaliy bosqichga o‘tganini ko‘rsatadi. 

  ✔️Rejaga ko‘ra, mazkur korxona 2026–2027 yillar davomida to‘liq ishga tushirilishi ko‘zda tutilgan. Uning faoliyatga kirishi natijasida hududda yangi ish o‘rinlari yaratilishi, aholi bandligi ta’minlanishi va mahalliy iqtisodiyot rivojiga sezilarli hissa qo‘shilishi kutilmoqda.

🌐 https://t.me/Toyloq_tuman_Kengashi

Slide 1 of 4