Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat mahallada MAHALLADA XOTIN-QIZLAR MASALALARI DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
Deputat mahallada "BIRLIK" MAHALLASI — ISHSIZLIKDAN XOLI HUDUD!
янв.21
Deputat mahallada YOSHLAR — KELAJAK POYDEVORI: DEPUTAT VA YOSHLAR YETAKCHISI HAMKORLIGI
янв.21
Deputat mahallada INSON QADRI UCHUN: MAHALLADA IJTIMOIY HIMOYA VA MANZILLI KO‘MAK
янв.21
Deputat mahallada 🍓 Investitsiya — taraqqiyot va bandlik omili
янв.21
Deputat mahallada Ichimlik suvi ta’minotidagi muammolar deputatlar tomonidan o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat mahallada Yoshlar kelajagi — e’tibor va amaliy ko‘makda
янв.21
Deputat mahallada Bolalar maydonchalari — e’tibor va nazoratda
янв.21
Deputat mahallada Kambag‘allikni qisqartirish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash:
янв.21
Deputat mahallada Xotin-qizlar manfaatlari va ijtimoiy himoya — e’tibor markazida
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Bugun Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Obloqul Isanov, kotibiyat mudiri Xusnara Berdiyarova hamda tuman Kengashi deputati Karomat Karimovalar tomonidan tuman Adliya markazi tizimidagi muassasalar faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida, avvalo, Davlat xizmatlari markazi faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Qayd etilishicha, mazkur markazda 5 nafar xodim tomonidan aholiga xizmat ko‘rsatilib, kuniga o‘rtacha 250–300 nafar fuqaroga xizmat ko‘rsatilmoqda. Fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida zamonaviy sharoitlar tashkil etilgan bo‘lib, navbat kutish holatlarini kamaytirish, xizmatlardan tezkor va samarali foydalanishni ta’minlashga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, markazda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish burchaklari tashkil etilgani xizmatlar sifatini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.

Shundan so‘ng, Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYO) bo‘limi faoliyati ham atroflicha o‘rganildi. Mazkur bo‘limda 3 nafar xodim faoliyat yuritib, kuniga o‘rtacha 30–50 nafar fuqaroga xizmat ko‘rsatilayotgani ma’lum qilindi. Tashrif davomida deputatlar yosh oila nikohdan o‘tayotgan jarayonga guvoh bo‘lib, kelin-kuyovlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, xizmatlar sifati hamda marosimlarning tartibli tashkil etilganini alohida e’tirof etdilar.

📃 Shuningdek, tashrif doirasida Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi bilan hamkorlik memorandumi imzolagan “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti vakillari bilan ham uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida aholiga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish, fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish, dolzarb muammolarni birgalikda hal etish masalalari yuzasidan fikr almashildi hamda istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi.

🤝 Mazkur o‘rganishlar hududda aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini yanada oshirish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish, eng asosiysi, fuqarolar manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 10