DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
Tuman Kengashi deputati Esonboy Babayev tomonidan qonunchilikka muvofiq, Oqoltin tumani Elektr tarmoqlari korxonasi rahbari Elyor Oripov nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.
So‘rovda ko‘tarilgan masala:
Mustaqillik MFY Zilol suv ko‘chasini elektr energiyasi bilan taminlayotgan tr. 113 / 400 kya transformatorini ayrim qismlari tamirtalab bo‘lib qolgan, shu sababli elektr energiyani yetkazib berishda muammolar yuzaga kelmoqda.
Masalalarni mutaxassislar ishtirokida o‘rganib, ijobiy hal etish hamda 10 kun ichida yozma javob taqdim etish talab etildi.