Yangiliklar

Deputatlar tomonidan davlat xizmatlari hamda FHDYO organlarida fuqarolarga xizmat ko'rsatish holati o'rganildi.

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi raisi, deputat A.Aralov boshchiligidagi ishchi guruh tumandagi Davlat xizmatlari markazi hamda FHDYO bo‘limi faoliyatini o‘rgandilar.

O‘rganish jarayonida tuman Kengashi kotibiyat mudiri, deputat G.Xudoyarova, deputat M.Sarimova hamda kotibiyat bosh mutaxassislari S.Begmatov, H.To‘rayevlar ishtirok etishdi.

🔍 Ishchi guruh quyidagi masalalarga e’tibor qaratdi:

✅Aholiga xizmat ko‘rsatish tezligi va elektron navbat tizimining holati;

✅Markaz binosida fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar;

✅ FHDYO bo‘limida arxiv hujjatlarini raqamlashtirish jarayoni;

✅ Xodimlarning muomala madaniyati va qonuniy muddatlarga rioya etilishi.

Maqsad: Zarbdorlik fuqarolarning ortiqcha ovoragarchiliksiz, sifatli va shaffof davlat xizmatlaridan foydalanishlarini ta’minlash.

Slide 1 of 7