O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-son Farmoni (https://lex.uz/docs/-6705763)ga ko‘ra, mahalladagi hokim yordamchisining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
💬Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholining tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va kredit hamda subsidiyalar ajratilishida ko‘maklashish.
🔅Har chorakda kredit yoki subsidiya olgan fuqarolar faoliyatini joyiga borib o‘rganib, ularning daromadli faoliyat yuritishiga yordam berishi kerak.
💬Doimiy daromad manbaiga ega bo‘lmagan ishsiz aholini kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish hamda ularning bandligini ta’minlash.
🔅Har oy kamida 10 nafar ishsiz fuqaroning daromadli mehnat bilan bandligini ta’minlash choralarini ko‘rishi belgilangan.
💬O‘zini o‘zi band qilgan va tashabbuskor fuqarolarning tadbirkorlikka qiziqishini aniqlash hamda ularning kichik biznes subyektiga aylanishiga ko‘maklashish.
🔅Har chorakda kamida 5 nafar fuqaroni yakka tartibdagi tadbirkor yoki oilaviy korxona sifatida ish boshlashiga yordam berish vazifasi yuklatilgan.
💬Aholiga ijara asosida ajratilgan yer maydonlari va tomorqalarda ekilgan ekinlar hamda yetishtirilgan mahsulotlar hisobini yuritish, shuningdek dehqon xo‘jaliklari bilan eksportyor, broker va qayta ishlovchi korxonalar o‘rtasida hamkorlikni tashkil etish.
💬Mahallalarda kichik ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha mikroloyihalar manzilli dasturini shakllantirish hamda loyihalarni amalga oshirishga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni hal etishga ko‘maklashish.
💬 Mahalladagi kam ta’minlangan oilalar uchun individual dastur ishlab chiqish va ularning daromadini oshirishga qaratilgan choralarni belgilash.
💬Mahalladagi bo‘sh turgan bino-inshootlar va yer maydonlarini aniqlab, ularni belgilangan tartibda auksion savdolariga chiqarish choralarini ko‘rish.