Yangiliklar

Mahalla raisi faoliyati qanday? Deputat tahlil qildi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati I.Tangirov o‘z saylov okrugidagi “Kattabog‘” mahallasida bo‘lib, saylovchilar bilan navbatdagi sayyor uchrashuvini o‘tkazdi.

💬 Samimiy ruhda o‘tgan muloqot davomida aholini qiynayotgan muammolar tinglanib, ularning yechimi bo‘yicha fikr almashildi.

💬Uchrashuv doirasida mahalla fuqarolar yig‘ini raisining faoliyati Prezidentimizning 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-sonli Farmoni (https://lex.uz/docs/-6705763)ga asosan tahlil qilindi. 

⏺ Tahlil davomida asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi:

🔅“Mahalla yettiligi” tizimining samarali yo‘lga qo‘yilishi;

🔅Aholi murojaatlari bilan ishlash va muammolarni joyida hal etish darajasi;

🔅Farmon bilan mahalla raisiga berilgan yangi vakolat va mas’uliyatning ijrosi.

Uchrashuv yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va mahalla raisining ish samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1