Pastdarg‘om tuman hokimining qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sherali Doniyarov:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentyabrdagi “Kambag‘allikdan farovonlik sari” PQ-330-sonli qarori ijrosi yuzasidan Pastdarg‘om tumanida jami 20 km uzunlikdagi suv tarmoqlari, jumladan 14 kilometr uzunlikda ariqlar betonlashtirilib, 6 kilometr uzunlikdagi ariqlarga lotoklar yotqizildi. 15 ta artizan quduqlar qazilib, 4 dona suv haydash nasoslari o‘rnatildi.
Ichki yo‘llarni taʼmirlash va asfaltlash bo‘yicha esa, yaqin vaqtlar ichida 8,9 kilometr uzunlikdagi yo‘llarni taʼmirlash uchun dastlabki hisob-kitoblarga asosan 5 milliard 797 million so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, bu borada ham navbati bilan amaliy ishlar boshlanishi belgilangan.
Bundan tashqari, ochiq byudjet loyihasi, tegishli qaror hamda boshqa dasturlar asosida ham ushbu raqamlar ortib boradi.