Yangiliklar

Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi to'qqizinchi sessiyasi bo'lib o'tdi.

Sessiya ishini xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi Sh.Negmatov olib bordi.

Sessiya ishida quyidagi masalalar koʻrib chiqiladi:

- viloyatda 2024-yilda davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qo‘llash amaliyoti, huquqiy targ‘ibot va ma’rifatning holati to‘g‘risida adliya boshqarmasi boshlig‘i S.Sattorovning axboroti;

- “Jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasini olib qo‘yish bo‘yicha taqdimot materiallarini ko‘rib chiqish va mulkdorlar bilan ochiq muhokama o‘tkazishga ruxsat berish to‘g‘risida;

- Samarqand shahri va Samarqand tumanining temiryo‘l orti qismida renovatsiya loyihasi amalga oshiriladigan hududning chegarasini belgilash to‘g‘risida;

- Oqdaryo tumanidagi aholi punkti nomini oʻzgartirish to‘g‘risida;

- xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi huzurida Yoshlar maslahat guruhini tashkil qilish to‘g‘risida;

- Samarqand viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari tariflari miqdorini belgilash to‘g‘risida.

Muhokama qilingan masalalar bo'yicha, bildirilgan takliflarni inobatga olgan holda qarorlar tasdiqlandi.

Slide 1 of 1