35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida mas’ul rahbarlarning hisobotlari eshitildi
янв.21
📌 Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi ✅
янв.21
Ibn Sino MFY hududidagi ichki yo‘llarni shag‘allashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
🏫 32-sonli umumta’lim maktabidagi tayyorgarlik ishlari o‘rganildi
янв.21
Oʻzbek MFYdagi 9-son maktabning qayta qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT AXBOROTI: 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI YAKUNLARI BO‘YICHA DEPUTATLIK FAOLIYATI YUZASIDAN BOBOHOJI MFY AHOLISIGA AXBOROT BERILDI
янв.21
Peshku tuman Navoiy mahallasida mahalla "yettiligi" faoliyati deputatlar tomonidan kompleks o‘rganildi
янв.21
Davlat xizmatlari markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganildi
“Muammo bilan yuzma-yuz”

O'zbekiston “Adolat” SDP Qorovulbozor tuman Kengashi raisi N.Eshmurodov, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M. Bobonazarova va partiya faoli N.Saloxovlardan tashkil topgan ishchi guruh a'zolari “Muammo bilan yuzma-yuz” loyihasi doirasida Qorovulbozor tumaning « Bo'zachi » MFY hududi va aholi xonadonlariga tashrif buyurib, jami 59 ta xonadon, 1ta maktab holati va aholini muammolari bilan yaqindan tanishdi.

Ishchi guruh a’zolari « Bo'zachi » MFY hududi xonadonlarda bo'lib ularning muammo va takliflari o'rganib chiqdi. Muloqot jarayonida xuddi shunday deputatlarning tez-tez tashrif buyurib turishlari to'g'risida mahalla raisi va mahalla faollari deputatlarga minnaddorchilik bildirdi . Deputat va partiya tuman Kengashi raisi boshchiligidagi guruh aholi xonadonlar aholisi bilan yuzma-yuz suhbatlashdi 

Hudud aholisining yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanuvchi shaxslarga banklar tomonidan beriladigan imtiyozli keditlarni olish tartibi hamda mazkur kreditlarning minimal foiz stavkalari bilan qiziqib, bu borada huquqiy maslahat berishni so'rab qilgan murojaatlariga ishchi guruhi a'zolari tomonidan atroflicha huquqiy maslahat hamda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish maqsadida olinadigan kreditlarni olish tartiblari, mamlakatimizda tadbirkorlikni liberallashtirish sohasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, qabul qilinayotgan Qaror va farmoyishlar borasida batafsil ma'lumotlar berishdi.. Shu qatorda fuqaro “Bo'zachi” MFY da yashovchi fuqaro L.Jo'rayeva tomonidan murojaat kelib tushdi, unga asosan farzandi J.Davlatova 2018-yil maktabni bitirgani va oliy o'quv yurtiga kirolmagani, hozirgi kunda ishsizligini, ishga kirmoqchi bo'lganida mutaxasislik so'rashganini ma'lum qildi. Shunda ishchi guruh a'zolari tomonidan Yoshlarni ishzizligini kamaytirish maqsadida kasb-hunar maktablarida joriy etilgan kasbiy o'qishlar bilan tanishtirilib, o'zi qiziqqan yo'nalishga Qorovulbozor kasb-hunar maktabiga qabul qilinishi ko'zda tutildi. Ishchi guruh a'zolari bu masalalar bo'yicha qayta o'rganishlar olib borishga kelishib oldilar. Shu bilan bir qatorda aholi murojaatlariga asosan yoshlarni bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish maqsadida tuman« Yoshlar ittifoqi» bilan bog'lanib fan va boshqa to'garaklariga yoshlarni qamrovini kuchaytirishga kelishildi va nazoratga olindi. Shu bilan birgalikda MTMga kirib Bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlar atroflicha «Bo'zachi» MFY hududida joylashgan MTMdagi tibbiyot xonalari ahvoli bilan tanishildi va kerakli ko'rsatmalar berildi tibbiyot xonalariga dori-darmon ta'minoti o'rganildi.

Hududdagi tadbirkorlar doimiy ravishda “1+1”loyihasi doirasida yoshlarimizga tadbirkorlik va savdo-sotiq sirlarini beminnat o'rgatib , ularni hayotda o'z o'rinlarini topishda ko'maklashayotgani aniqlandi va ushbu jarayonni uzluksiz davom ettirish to'g'risida ishchi guruh a'zolari ko'rsatmalar berildi.

“Muammo bilan yuzma-yuz” loyihasi doirasida Qorovulbozor tumanida hududida yashovchi fuqarolarning muammolari ishchi guruh tomonidan ijobiy hal etib borilyapti.

Slide 1 of 2