Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
5-MALISHOYAK SAYLOV OKRUGIDA SAYLOVCHILAR TALABI ASOSIDA YANGI YO‘L OCHILMOQDA
янв.21
21-O‘G‘LON SAYLOV OKRUGIDA ICHKI KO‘CHALAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida mas’ul rahbarlarning hisobotlari eshitildi
янв.21
📌 Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi ✅
янв.21
Ibn Sino MFY hududidagi ichki yo‘llarni shag‘allashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
🏫 32-sonli umumta’lim maktabidagi tayyorgarlik ishlari o‘rganildi
янв.21
Oʻzbek MFYdagi 9-son maktabning qayta qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT AXBOROTI: 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI YAKUNLARI BO‘YICHA DEPUTATLIK FAOLIYATI YUZASIDAN BOBOHOJI MFY AHOLISIGA AXBOROT BERILDI
янв.21
Peshku tuman Navoiy mahallasida mahalla "yettiligi" faoliyati deputatlar tomonidan kompleks o‘rganildi
янв.21
Davlat xizmatlari markazi faoliyati o‘rganildi
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING HUQUQ VA IMTIYOZLARIDAN FOYDALANISH HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 18-“Buloqboshi” saylov okrugidan saylangan deputat Karimshikov Sabriddin Azimovich tomonidan Bo‘rsiliq MFY hududida nogironligi bo‘lgan fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularga qonunchilikda belgilangan imtiyoz va ijtimoiy kafolatlarning amalda qo‘llanilishi yuzasidan deputatlik nazorati o‘tkazildi.
📌 O‘rganishda mahallada faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodim Ishchanova Go‘zal ishtirok etib, nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan ishlash, ularning ehtiyojlarini aniqlash va zarur ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish borasidagi amaliy ishlar muhokama qilindi.
📌 Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — nogironligi bo‘lgan fuqarolarning qonun bilan kafolatlangan huquqlaridan to‘laqonli foydalanishiga sharoit yaratilganini o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish choralarini belgilashdan iborat bo‘ldi.
📌 O‘rganish davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
·         ♿️ nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash;
·         zarur reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash holati;
·         uy sharoitida ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning sifati;
·         fuqarolar murojaatlarini qabul qilish va ularni ko‘rib chiqish tartibi;
·         sanatoriy-kurort yo‘llanmalari bilan ta’minlash masalalari;
·         qonunchilikda belgilangan imtiyoz, huquq va ijtimoiy kafolatlarning amalda ta’minlanishi.
📊 Shuningdek, nogironligi bo‘lgan fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘rganish, ularning muammolariga yechim topish va zarur hollarda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yordam ko‘rsatish mexanizmlari ham tahlil qilindi.
❓ O‘rganish jarayonida deputat tomonidan mas’ullarga bir qator muhim savollar yo‘llanib, jumladan:
🟢 2026-yil davomida nogironligi bo‘lgan shaxslardan qancha murojaat kelib tushgani va ularning nechta qismi bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilgani;
🟢 fuqarolarga mavjud imtiyoz va ijtimoiy kafolatlar, ulardan foydalanish tartibi hamda qonuniy huquqlari yuzasidan tushuntirish ishlari qanday tashkil etilgani;
🟢 reabilitatsiya vositalari, sanatoriy yo‘llanmalari va boshqa ijtimoiy xizmatlarni olishda fuqarolarning qonuniy huquqlari qay darajada ta’minlanayotgani;
🟢 murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni o‘z vaqtida hal etish va fuqarolarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish samaradorligi qanday yo‘lga qo‘yilgani yuzasidan ma’lumotlar so‘raldi.
📌 Mas’ullar tomonidan berilgan savollar yuzasidan tegishli ma’lumot va tushuntirishlar taqdim etildi.
📌 Ayniqsa, nogironligi bo‘lgan shaxslarning qonuniy imtiyozlardan foydalanishiga asossiz to‘siqlar qo‘yilishining oldini olish, murojaatlarni xolis va qonuniy asosda ko‘rib chiqish, shuningdek, “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonun talablarini amaliyotda ta’minlash zarurligi ta’kidlandi.
📌 O‘rganish yakunida nogironligi bo‘lgan fuqarolarning huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish, ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning manzilliligi va sifatini oshirish, shuningdek, mavjud imtiyozlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
🔵 Huquq — himoyada.
🔵 Imkoniyat — barchaga teng.
➡️ Har bir qonuniy imtiyoz — amalda ta’minlanishi lozim!

Slide 1 of 3