Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
5-MALISHOYAK SAYLOV OKRUGIDA SAYLOVCHILAR TALABI ASOSIDA YANGI YO‘L OCHILMOQDA
янв.21
21-O‘G‘LON SAYLOV OKRUGIDA ICHKI KO‘CHALAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida mas’ul rahbarlarning hisobotlari eshitildi
янв.21
📌 Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi ✅
янв.21
Ibn Sino MFY hududidagi ichki yo‘llarni shag‘allashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
🏫 32-sonli umumta’lim maktabidagi tayyorgarlik ishlari o‘rganildi
янв.21
Oʻzbek MFYdagi 9-son maktabning qayta qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT AXBOROTI: 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI YAKUNLARI BO‘YICHA DEPUTATLIK FAOLIYATI YUZASIDAN BOBOHOJI MFY AHOLISIGA AXBOROT BERILDI
янв.21
Peshku tuman Navoiy mahallasida mahalla "yettiligi" faoliyati deputatlar tomonidan kompleks o‘rganildi
янв.21
Davlat xizmatlari markazi faoliyati o‘rganildi
#Deputat_faoliyati #Deputat_so‘rovi #24_ta_masala

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 19-“Xidirsho” saylov okrugidan saylangan deputati Qurbaniyazov Yusup Xolmuminovich tomonidan Oltinsoy tumani Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i A.Tirkashevga deputat so‘rovi yuborildi.

Deputat so‘rovida “Xidirsho” mahalla fuqarolar yig‘inidagi ichki xo‘jalik yo‘llarini saqlash va ta’mirlash bo‘yicha 2026-yilga mo‘ljallangan dastur ijrosi yuzasidan aniq ma’lumotlar taqdim etilishi so‘raldi.

Jumladan, amalga oshirilgan ishlar hajmi, mazkur ishlar uchun ajratilgan mablag‘lar, ta’mirlash ishlarining joriy holati hamda ularni to‘liq yakunlash muddatlari haqida batafsil ma’lumot berish so‘ralgan.

Aholi uchun qulay va xavfsiz yo‘l infratuzilmasini yaratish, mahallaning ichki yo‘llarini ta’mirlash hamda hudud obodonligini ta’minlashga qaratilgan mazkur masalaning ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 3