Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
5-MALISHOYAK SAYLOV OKRUGIDA SAYLOVCHILAR TALABI ASOSIDA YANGI YO‘L OCHILMOQDA
янв.21
21-O‘G‘LON SAYLOV OKRUGIDA ICHKI KO‘CHALAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida mas’ul rahbarlarning hisobotlari eshitildi
янв.21
📌 Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi ✅
янв.21
Ibn Sino MFY hududidagi ichki yo‘llarni shag‘allashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
🏫 32-sonli umumta’lim maktabidagi tayyorgarlik ishlari o‘rganildi
янв.21
Oʻzbek MFYdagi 9-son maktabning qayta qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT AXBOROTI: 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI YAKUNLARI BO‘YICHA DEPUTATLIK FAOLIYATI YUZASIDAN BOBOHOJI MFY AHOLISIGA AXBOROT BERILDI
янв.21
Peshku tuman Navoiy mahallasida mahalla "yettiligi" faoliyati deputatlar tomonidan kompleks o‘rganildi
янв.21
Davlat xizmatlari markazi faoliyati o‘rganildi
Parkent tumani tashkil topganiga 100 yil to‘ldi!

Bugun o‘zining betakror tabiati, qadimiy tarixi, mehnatkash va bag‘rikeng aholisi bilan nom qozongan Parkent tumani uchun qutlug‘ va tarixiy sana.
🇺🇿 1926-yil 29-sentyabr kuni O‘zbekiston Markaziy Ijroiya Qo‘mitasining V sessiyasi qaroriga muvofiq, eski ma’muriy birliklar tugatilib, mamlakat hududida 10 ta okrug va 87 ta tuman tashkil etilishi belgilandi. Shu ma’muriy-hududiy o‘zgarishlar doirasida Toshkent okrugi tarkibida “Yettikent bo‘lisi” nomi bilan Parkent tumani tashkil etildi.
O‘sha yilning 10-dekabr kuni tumanning birinchi tashkiliy anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda Ibrohim Usmonov tuman ijroiya qo‘mitasi raisi etib saylandi.
🇺🇿 Bugungi kunda esa hududni Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 23-“Nomdanak” saylov okrugidan saylangan deputat, tuman hokimi Po‘latov Elmurod To‘xtaboyevich boshqarib kelmoqda.
💠 Parkent — betakror tabiat va go‘zal manzaralar maskani. Tuman Toshkent viloyatining sharqiy qismida, poytaxtdan 34 kilometr masofada, O‘rta Tyanshanning Chotqol tog‘ tizmalari g‘arbiy etaklarida joylashgan. Hudud tog‘lar bilan o‘ralgan bo‘lib, uning tabiiy manzaralari, soylari, buloqlari va musaffo havosi Parkentga o‘ziga xos joziba bag‘ishlaydi.
🍎 Tumanning umumiy maydoni 1,1 ming kvadrat kilometrni tashkil etadi. Parkent shimoli-sharq va janubdan Bo‘stonliq hamda Ohangaron tumanlari, g‘arbdan Yuqori Chirchiq, janubi-g‘arbdan esa O‘rta Chirchiq tumanlari bilan chegaradosh.
🍎 Hudud relyefi g‘arbdan sharqqa tomon balandlashib boradi. Tumanning eng baland nuqtasi — Qizilnura cho‘qqisi bo‘lib, uning balandligi 3267,8 metrni tashkil etadi.
💎 Parkentning iqlimi Toshkent–Mirzacho‘l keskin kontinental iqlim zonasiga kirsa-da, tog‘lar, soylar va zilol buloqlarning ko‘pligi hududda o‘ziga xos mo‘tadil mikroiqlim shakllanishiga sabab bo‘lgan. Tog‘ oldi tekisliklari, adirlar va tog‘lardan iborat betakror relyef esa tumanning tabiiy qiyofasini yanada boyitadi.
🍎 Bir asrlik tarix — ulkan taraqqiyot yo‘li. Tuman tashkil etilgan ilk yillarda uning aholisi tumanlashtirish komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra 18 063 nafar kishini tashkil etgan.
🍎 Bugungi kunga kelib esa Parkent aholisi 186 ming 500 nafardan oshdi. Bu raqam bir asr davomida hududning demografik, ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan naqadar katta o‘zgarishlarni boshdan kechirganidan dalolat beradi.
🏐 100 yil — bu shunchaki sana emas. Bu bir necha avlodlarning mehnati, bunyodkorligi, orzu-intilishlari va Vatanga bo‘lgan sadoqati mujassam bo‘lgan ulkan tarixdir.
🍎 Bugungi Parkent — o‘zining qadimiy an’analari va boy madaniy merosini asrab-avaylagan, shu bilan birga zamonaviy taraqqiyot sari dadil odimlayotgan go‘zal maskan.
🍎 Parkentning bugungi qiyofasi — kechagi avlodlar mehnati, bugungi bunyodkorlik va ertangi kunga bo‘lgan ishonch uyg‘unligining yorqin ifodasidir.
✅ Qutlug‘ 100 yoshing muborak bo‘lsin, aziz Parkent!

Slide 1 of 2