Deputat hisoboti: saylovchilar bilan ochiq muloqot
2026-yil 1-chorak yakunlari bo‘yicha Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati JABBAROVA Marina Devidovna tomonidan 29–Xalqlar do‘stligi saylov okrugida joylashgan mahalla fuqarolar yig‘inlarida saylovchilar oldida hisobot uchrashuvi o‘tkazildi.
Uchrashuvda deputat tomonidan o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar, jumladan, aholi murojaatlari bilan ishlash, hududdagi ijtimoiy va kommunal masalalarni hal etish borasidagi faoliyati yuzasidan batafsil axborot berildi.
Ayniqsa, mazkur uchrashuvda xotin-qizlarning faol ishtiroki kuzatilib, ular tomonidan oilaviy, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bandlik va ta’limga oid bir qator muhim masalalar ko‘tarildi.
Ko‘tarilgan murojaat va takliflar atroflicha o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borilishi ta’kidlandi.