Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
5-MALISHOYAK SAYLOV OKRUGIDA SAYLOVCHILAR TALABI ASOSIDA YANGI YO‘L OCHILMOQDA
янв.21
21-O‘G‘LON SAYLOV OKRUGIDA ICHKI KO‘CHALAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida mas’ul rahbarlarning hisobotlari eshitildi
янв.21
📌 Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi ✅
янв.21
Ibn Sino MFY hududidagi ichki yo‘llarni shag‘allashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
🏫 32-sonli umumta’lim maktabidagi tayyorgarlik ishlari o‘rganildi
янв.21
Oʻzbek MFYdagi 9-son maktabning qayta qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT AXBOROTI: 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI YAKUNLARI BO‘YICHA DEPUTATLIK FAOLIYATI YUZASIDAN BOBOHOJI MFY AHOLISIGA AXBOROT BERILDI
янв.21
Peshku tuman Navoiy mahallasida mahalla "yettiligi" faoliyati deputatlar tomonidan kompleks o‘rganildi
янв.21
Davlat xizmatlari markazi faoliyati o‘rganildi
“Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi

“Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi 

Baxmal qishloq fuqarolar yig‘inida tuman Kengashi deputati N. Abdaxatov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan targ‘ibot va tushuntirish ishlari olib borildi.
Tadbir davomida fuqarolarga dehqon xo‘jaligini tashkil etish, yer uchastkalaridan samarali va maqsadli foydalanish, dehqon xo‘jaliklarining huquq va majburiyatlari hamda qonunchilikda belgilangan kafolatlar haqida ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, aholi tomorqalaridan unumli foydalanish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va oilaviy daromadlarni oshirishda dehqon xo‘jaliklarining ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida fuqarolarning mavzuga oid savollariga javoblar berildi hamda qonun talablariga rioya qilish bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berildi.
Qonun — huquq va manfaatlar kafolati!

Slide 1 of 3