Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
5-MALISHOYAK SAYLOV OKRUGIDA SAYLOVCHILAR TALABI ASOSIDA YANGI YO‘L OCHILMOQDA
янв.21
21-O‘G‘LON SAYLOV OKRUGIDA ICHKI KO‘CHALAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida mas’ul rahbarlarning hisobotlari eshitildi
янв.21
📌 Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi ✅
янв.21
Ibn Sino MFY hududidagi ichki yo‘llarni shag‘allashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
🏫 32-sonli umumta’lim maktabidagi tayyorgarlik ishlari o‘rganildi
янв.21
Oʻzbek MFYdagi 9-son maktabning qayta qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT AXBOROTI: 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI YAKUNLARI BO‘YICHA DEPUTATLIK FAOLIYATI YUZASIDAN BOBOHOJI MFY AHOLISIGA AXBOROT BERILDI
янв.21
Peshku tuman Navoiy mahallasida mahalla "yettiligi" faoliyati deputatlar tomonidan kompleks o‘rganildi
янв.21
Davlat xizmatlari markazi faoliyati o‘rganildi
“Rayhon” mahallasida ijtimoiy xizmatlar faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Sh.Xasanova tomonidan “Rayhon” mahalla fuqarolar yig‘inida ijtimoiy xodim D.Yusupovaning faoliyati, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 15-oktyabrdagi O‘RQ-641-sonli “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

Uchrashuv va o‘rganish jarayonlarida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari A.Adhamov hamda X.Abdullayevlar tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

O‘rganish davomida mahalla ijtimoiy xodimi D.Yusupova tomonidan qonun ijrosini ta’minlash, nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ehtiyojmand oilalarga manzilli yordam ko‘rsatish hamda fuqarolarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

Ma’lum qilinishicha, “Rayhon” MFY hududida joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 165 ta oilaga jami 177 million 544 ming so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari va kiyim-kechaklar yetkazib berilgan.

Shuningdek, 44 ta oilaning kommunal to‘lovlarini to‘lashda amaliy yordam ko‘rsatilgani qayd etildi.

Bundan tashqari, 1 nafar nogironligi bo‘lgan fuqaroning xonadoni ta’mirlab berilgani ma’lum qilindi. Ushbu ko‘maklar orqali ehtiyojmand fuqarolarning yashash sharoitlarini yaxshilash va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

O‘rganish davomida nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning salomatligini mustahkamlash, tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya xizmatlarini kengaytirish, shuningdek, sanatoriy va sihatgohlarga bepul yo‘llanmalar ajratish tartibi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3