Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
5-MALISHOYAK SAYLOV OKRUGIDA SAYLOVCHILAR TALABI ASOSIDA YANGI YO‘L OCHILMOQDA
янв.21
21-O‘G‘LON SAYLOV OKRUGIDA ICHKI KO‘CHALAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida mas’ul rahbarlarning hisobotlari eshitildi
янв.21
📌 Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi ✅
янв.21
Ibn Sino MFY hududidagi ichki yo‘llarni shag‘allashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
🏫 32-sonli umumta’lim maktabidagi tayyorgarlik ishlari o‘rganildi
янв.21
Oʻzbek MFYdagi 9-son maktabning qayta qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT AXBOROTI: 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI YAKUNLARI BO‘YICHA DEPUTATLIK FAOLIYATI YUZASIDAN BOBOHOJI MFY AHOLISIGA AXBOROT BERILDI
янв.21
Peshku tuman Navoiy mahallasida mahalla "yettiligi" faoliyati deputatlar tomonidan kompleks o‘rganildi
янв.21
Davlat xizmatlari markazi faoliyati o‘rganildi
Maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi

Maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Avliyakulov tomonidan 10-Yangiyo‘l saylov okrugi deputati R.Shamanov saylangan Qo‘ng‘irot MFYdagi 8-sonli umumta’lim maktabida “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar” asosida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida maktab binosining kuz-qish mavsumida foydalanishga tayyorligi, isitish tizimining holati, issiqlik ta’minoti, elektr energiyasi bilan ta’minlanganlik, shuningdek, sinfxonalarda o‘quvchilar uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgani ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, mavjud muammolarni aniqlash, ularni mavsum boshlangunga qadar bartaraf etish hamda ta’lim muassasasida o‘quvchilar va pedagoglar uchun qulay sharoitlarni ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

O‘rganish natijalari deputatlik nazoratiga olinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 4