35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida mas’ul rahbarlarning hisobotlari eshitildi
янв.21
📌 Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi ✅
янв.21
Ibn Sino MFY hududidagi ichki yo‘llarni shag‘allashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
🏫 32-sonli umumta’lim maktabidagi tayyorgarlik ishlari o‘rganildi
янв.21
Oʻzbek MFYdagi 9-son maktabning qayta qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT AXBOROTI: 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI YAKUNLARI BO‘YICHA DEPUTATLIK FAOLIYATI YUZASIDAN BOBOHOJI MFY AHOLISIGA AXBOROT BERILDI
янв.21
Peshku tuman Navoiy mahallasida mahalla "yettiligi" faoliyati deputatlar tomonidan kompleks o‘rganildi
янв.21
Davlat xizmatlari markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganildi
#deputatlik_faoliyati

🏥 Aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi hamda qonun ijrosi o‘rganildi.

🇺🇿Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashining 18-"Taraqqiyot" saylov okrugidan saylangan deputat Tursunboev Alim Samatovich kotibiyat mudiri K.Umarboev , kotibiyati bosh mutaxassislari tomonidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish maqsadida Navro'z MFY hududidagi "Ko'p tarmoqli" Oilaviy poliknilikada o‘rganish ishlari olib borildi.

🔵O‘rganish davomida muassasada aholiga ko‘rsatilayotgan ambulatoriya xizmatlari, fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar, tibbiy xizmat sifati hamda sanitariya-tozalik holati atroflicha ko‘zdan kechirildi.

🔵Shuningdek, "Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining tumandagi ijrosi, xususan, Qonunning 29-moddasida belgilangan birlamchi tibbiy-sanitariya yordamining aholiga qulay va bepul tibbiy xizmat ko‘rsatishning asosiy turi sifatidagi amaliy ijrosi tahlil qilindi.

🔵Qonun ijrosi yuzasidan tibbiyot xodimlariga bir qator savollar berilib, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami o‘z vaqtida va bepul ko‘rsatilayotgani, fuqarolarning tibbiy xizmatlardan foydalanishida muammolar mavjud yoki mavjud emasligi hamda bemorlarni zarur dori vositalari bilan ta’minlash holati yuzasidan fikr-mulohazalar olindi.

🔵Tibbiyot xodimlari bilan suhbat o‘tkazilib, ularning faoliyati, ish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar va takliflari tinglandi. Muloqot davomida aholining sog‘lig‘ini muhofaza qilish, tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish, fuqarolarga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish, shuningdek, dori vositalaridan oqilona va samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔵O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni bartaraf etish, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash hamda aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

🔵Mazkur yo‘nalishda aholining tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, birlamchi tibbiy-sanitariya yordamining sifati va samaradorligini oshirish hamda qonun hujjatlarida belgilangan talablarning ijrosini ta’minlash yuzasidan deputatlik nazorati davom ettiriladi.

Slide 1 of 3