35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida mas’ul rahbarlarning hisobotlari eshitildi
янв.21
📌 Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi ✅
янв.21
Ibn Sino MFY hududidagi ichki yo‘llarni shag‘allashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
🏫 32-sonli umumta’lim maktabidagi tayyorgarlik ishlari o‘rganildi
янв.21
Oʻzbek MFYdagi 9-son maktabning qayta qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT AXBOROTI: 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI YAKUNLARI BO‘YICHA DEPUTATLIK FAOLIYATI YUZASIDAN BOBOHOJI MFY AHOLISIGA AXBOROT BERILDI
янв.21
Peshku tuman Navoiy mahallasida mahalla "yettiligi" faoliyati deputatlar tomonidan kompleks o‘rganildi
янв.21
Davlat xizmatlari markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganildi
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

“Boyqishloq” mahallasida deputatlik nazorati doirasida o‘rganish ishlari olib borildi

👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 25-Tallashqon saylov okrugi deputati, Kengash kotibiyati mudiri O.Tursunov tomonidan “Boyqishloq” mahallasida deputatlik faoliyatining ustuvor 24 yo‘nalishi doirasida deputatlik nazorati olib borildi.

📝 Nazorat tadbirlari davomida mahalla hokim yordamchisi A. Do‘stmurodovning faoliyati o‘rganildi. Jumladan, hududda aholi murojaatlari bilan ishlash, bandlikni ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, ijtimoiy masalalarni hal etish hamda aholining muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

📌 Shuningdek, mahalladagi mavjud muammolar, ularni hal etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

✅ Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — hududlarda amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini oshirish, aholi manfaatlarini ta’minlash hamda joylardagi muammolarni hal etishga ko‘maklashishdan iborat.

Slide 1 of 4