35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida mas’ul rahbarlarning hisobotlari eshitildi
янв.21
📌 Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi ✅
янв.21
Ibn Sino MFY hududidagi ichki yo‘llarni shag‘allashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
🏫 32-sonli umumta’lim maktabidagi tayyorgarlik ishlari o‘rganildi
янв.21
Oʻzbek MFYdagi 9-son maktabning qayta qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT AXBOROTI: 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI YAKUNLARI BO‘YICHA DEPUTATLIK FAOLIYATI YUZASIDAN BOBOHOJI MFY AHOLISIGA AXBOROT BERILDI
янв.21
Peshku tuman Navoiy mahallasida mahalla "yettiligi" faoliyati deputatlar tomonidan kompleks o‘rganildi
янв.21
Davlat xizmatlari markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganildi
#haftalik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #Kengash_qarori 🏢5-sonli umumta’lim maktabida nogironligi bo‘lgan bolalar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi

Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ashurov, Kengashning 21-“Jo‘yjangal” saylov okrugi deputati G.Xudaykulova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Temirov tomonidan saylov okrugi hududiga qarashli 5-sonli umumta’lim maktabida nazorat-tahlil tadbiri olib borildi.
Mazkur o‘rganish Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 2026-yil 22-iyundagi VII-22-53-8-121-K/26-sonli qarori asosida nogironligi bo‘lgan bolalar uchun to‘siqsiz muhit yaratish, inklyuziv sinflarni tashkil etish va korreksion xonalarni zarur jihozlar bilan ta’minlash bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini o‘rganish maqsadida tashkil etildi.
Nazorat-tahlil jarayonida maktabda yaratilgan shart-sharoitlar, jumladan, nogironligi bo‘lgan o‘quvchilar uchun binoga kirish va harakatlanish imkoniyatlari, ta’lim olish jarayonida foydalanilayotgan qulayliklar, inklyuziv sinflarning faoliyati, korreksion xonalarning jihozlanish holati hamda belgilangan vazifalarning amaliy ijrosi batafsil ko‘rib chiqildi.
O‘rganish davomida maktab ma’muriyati tomonidan mazkur yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlar, yaratilgan imkoniyatlar va kelgusidagi vazifalar yuzasidan ma’lumotlar olindi. Shuningdek, ta’lim jarayonida alohida e’tibor talab qiladigan o‘quvchilar uchun pedagogik va tashkiliy sharoitlarning qay darajada yo‘lga qo‘yilgani tahlil qilindi.
Nazorat natijalariga ko‘ra, maktabda nogironligi bo‘lgan bolalar uchun to‘siqsiz muhit yaratish, inklyuziv sinflar va korreksion xonalarni jihozlash bo‘yicha belgilangan ishlar sifatli va belgilangan talablar asosida amalga oshirilgani aniqlandi.
Yaratilgan sharoitlar nafaqat o‘quvchilarning ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirishga, balki ularning ijtimoiy faolligini oshirish, tengdoshlari bilan birgalikda ta’lim-tarbiya jarayonida faol ishtirok etishi hamda o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishiga xizmat qilmoqda.
Shuningdek, o‘rganish davomida inklyuziv ta’lim sifatini yanada oshirish, yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish, o‘quvchilar uchun qulay muhitni doimiy ravishda takomillashtirib borish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Mazkur nazorat-tahlil tadbirlari Kengash qarorlari ijrosini joylarda o‘rganish, belgilangan vazifalarning amaliy natijadorligini baholash hamda ijtimoiy sohadagi muhim yo‘nalishlarda samarali deputatlik nazoratini ta’minlashga xizmat qilmoqda.
Har bir bola uchun teng imkoniyat yaratish — inson qadri, huquqi va manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan muhim vazifadir.

Slide 1 of 7