35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida mas’ul rahbarlarning hisobotlari eshitildi
янв.21
📌 Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi ✅
янв.21
Ibn Sino MFY hududidagi ichki yo‘llarni shag‘allashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
🏫 32-sonli umumta’lim maktabidagi tayyorgarlik ishlari o‘rganildi
янв.21
Oʻzbek MFYdagi 9-son maktabning qayta qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT AXBOROTI: 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI YAKUNLARI BO‘YICHA DEPUTATLIK FAOLIYATI YUZASIDAN BOBOHOJI MFY AHOLISIGA AXBOROT BERILDI
янв.21
Peshku tuman Navoiy mahallasida mahalla "yettiligi" faoliyati deputatlar tomonidan kompleks o‘rganildi
янв.21
Davlat xizmatlari markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganildi
Doimiy komissiyalar va tashkilotlar hamkorligi amalda

Doimiy komissiyalar va tashkilotlar hamkorligi amalda

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi doimiy komissiyalari hamda tegishli tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, hududlarda mavjud masalalarni o‘rganish va amaliy ko‘mak ko‘rsatish maqsadida o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Shu doirada Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati M. Kazakov tomonidan Pastdarg‘om tuman Jamoat salomatligi bo‘limi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida hududda sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash, aholi salomatligini muhofaza qilish, profilaktik tadbirlarni kuchaytirish hamda sohaga oid dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, doimiy komissiyalar va tegishli tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi.

Slide 1 of 2