35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida mas’ul rahbarlarning hisobotlari eshitildi
янв.21
📌 Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi ✅
янв.21
Ibn Sino MFY hududidagi ichki yo‘llarni shag‘allashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
🏫 32-sonli umumta’lim maktabidagi tayyorgarlik ishlari o‘rganildi
янв.21
Oʻzbek MFYdagi 9-son maktabning qayta qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT AXBOROTI: 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI YAKUNLARI BO‘YICHA DEPUTATLIK FAOLIYATI YUZASIDAN BOBOHOJI MFY AHOLISIGA AXBOROT BERILDI
янв.21
Peshku tuman Navoiy mahallasida mahalla "yettiligi" faoliyati deputatlar tomonidan kompleks o‘rganildi
янв.21
Davlat xizmatlari markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganildi
Soliq to‘lovchilarning murojaatlari deputatlik nazoratida

Soliq to‘lovchilarning murojaatlari deputatlik nazoratida

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati N.Allayorova tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan tuman soliq inspeksiyasi rahbarining mahalliy budjet daromadlari bajarilishi holati, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning hisoblanishi hamda to‘lanishi, shuningdek soliq qarzdorligi to‘g‘risidagi hisoboti yuzasidan joylarda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish doirasida deputat Ilm MFY, Gallakor ko‘chasida faoliyat yuritayotgan kichik tadbirkor, nonvoy Alakulova E’zoza bilan uchrashib, uning soliq to‘lovchi sifatida faoliyati davomida duch kelayotgan muammolari va takliflarini tingladi.

Muloqot jarayonida mahalla soliq xodimi ham ishtirok etib, tadbirkorni qiynab kelayotgan masala joyida muhokama qilindi. Amaldagi qonunchilik talablari asosida zarur tushuntirishlar berilib, muammoning yechimi yuzasidan amaliy choralar belgilandi.

Slide 1 of 3