35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida mas’ul rahbarlarning hisobotlari eshitildi
янв.21
📌 Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi ✅
янв.21
Ibn Sino MFY hududidagi ichki yo‘llarni shag‘allashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
🏫 32-sonli umumta’lim maktabidagi tayyorgarlik ishlari o‘rganildi
янв.21
Oʻzbek MFYdagi 9-son maktabning qayta qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT AXBOROTI: 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI YAKUNLARI BO‘YICHA DEPUTATLIK FAOLIYATI YUZASIDAN BOBOHOJI MFY AHOLISIGA AXBOROT BERILDI
янв.21
Peshku tuman Navoiy mahallasida mahalla "yettiligi" faoliyati deputatlar tomonidan kompleks o‘rganildi
янв.21
Davlat xizmatlari markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganildi
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

 📌 Aholi murojaatlari bilan ishlash holati va deputatlik faoliyati o‘rganildi

👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov hamda Kengash kotibiyatining bosh mutaxassisi Sh. Xo‘janazarov Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 21-G‘urjak saylov okrugi deputati Z. Eshmurodovaning saylov okrugiga qarashli "Gurjak 1" mahallasida deputatlik faoliyatining ustuvor 24 yo‘nalishi doirasida o‘rganish ishlarini olib bordi.

👩💼 O‘rganish davomida mahalla xotin-qizlar faoli M. Choriyevaning xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, ijtimoiy faolligini oshirish hamda mavjud muammolarini o‘rganish va hal etish borasidagi faoliyati bilan tanishilib, ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

📑 Shuningdek, Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan aholi murojaatlari bilan ishlash holati, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularni ijobiy hal etish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar ham o‘rganildi.

✅ O‘rganish yakunida deputatlik faoliyati samaradorligini oshirish, aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish hamda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni izchil davom ettirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3