35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida mas’ul rahbarlarning hisobotlari eshitildi
янв.21
📌 Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi ✅
янв.21
Ibn Sino MFY hududidagi ichki yo‘llarni shag‘allashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
🏫 32-sonli umumta’lim maktabidagi tayyorgarlik ishlari o‘rganildi
янв.21
Oʻzbek MFYdagi 9-son maktabning qayta qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT AXBOROTI: 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI YAKUNLARI BO‘YICHA DEPUTATLIK FAOLIYATI YUZASIDAN BOBOHOJI MFY AHOLISIGA AXBOROT BERILDI
янв.21
Peshku tuman Navoiy mahallasida mahalla "yettiligi" faoliyati deputatlar tomonidan kompleks o‘rganildi
янв.21
Davlat xizmatlari markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganildi
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masala ko‘rib chiqildi

➡️ Yig‘ilish kun tartibida “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining Quvasoy shahrida ijro etilishi holati bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganishlar natijalari muhokama qilindi.

🔵 O‘rganishlar davomida Quvasoy shahrida aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, sport inshootlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish holatiga alohida e’tibor qaratildi.

📊 Tadbirkorlik va davlat-xususiy sheriklik asosida sport ob’ektlarini barpo etish, maktab va mahalla sport maydonchalarining bugungi ahvoli hamda sohaga ajratilayotgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi tahlil qilindi.

❔ 📣 Muhokamalar davomida deputatlar va viloyat Kengashi huzuridagi Ekspert hamda yoshlar maslahat guruhlari a'zolari tomonidan masalalar yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi. Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masala bo‘yicha tegishli qaror qabul qilinib, mas'ullarga aniq vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 6