35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida mas’ul rahbarlarning hisobotlari eshitildi
янв.21
📌 Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi ✅
янв.21
Ibn Sino MFY hududidagi ichki yo‘llarni shag‘allashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
🏫 32-sonli umumta’lim maktabidagi tayyorgarlik ishlari o‘rganildi
янв.21
Oʻzbek MFYdagi 9-son maktabning qayta qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT AXBOROTI: 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI YAKUNLARI BO‘YICHA DEPUTATLIK FAOLIYATI YUZASIDAN BOBOHOJI MFY AHOLISIGA AXBOROT BERILDI
янв.21
Peshku tuman Navoiy mahallasida mahalla "yettiligi" faoliyati deputatlar tomonidan kompleks o‘rganildi
янв.21
Davlat xizmatlari markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganildi
Elektr ta’minoti bo‘yicha ishlar deputatlik nazoratida

 Elektr ta’minoti bo‘yicha ishlar deputatlik nazoratida

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining 2026-yil 7-apreldagi VII-25-42-7-101-K/26-son qarori asosida Xovuzak MFYdagi TR-2372ga qo‘shimcha KTPS-160/10 kVA o‘rnatish hamda Turon, A. Navoiy va Furqat MFYlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi 10 kVA F-Mintut EUTni rekonstruksiya qilish uchun mablag‘ ajratilgan edi.

Mazkur qaror ijrosi yuzasidan Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi Sh. Uralov tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida Mehnat mahallasida bo‘lib, o‘rnatilgan yangi transformatorning holati, uning texnik jihatdan sozligi hamda hudud aholisiga elektr energiyasi yetkazib berishdagi ahamiyati joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.

O‘rganishlar davomida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli xulosalar shakllantirilib, deputat nazorati doirasida ishlar davom ettiriladi.

⚡️ Deputat nazorati — aholi farovonligi va hudud infratuzilmasini yaxshilash yo‘lida.

Slide 1 of 3