35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida mas’ul rahbarlarning hisobotlari eshitildi
янв.21
📌 Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi ✅
янв.21
Ibn Sino MFY hududidagi ichki yo‘llarni shag‘allashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
🏫 32-sonli umumta’lim maktabidagi tayyorgarlik ishlari o‘rganildi
янв.21
Oʻzbek MFYdagi 9-son maktabning qayta qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT AXBOROTI: 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI YAKUNLARI BO‘YICHA DEPUTATLIK FAOLIYATI YUZASIDAN BOBOHOJI MFY AHOLISIGA AXBOROT BERILDI
янв.21
Peshku tuman Navoiy mahallasida mahalla "yettiligi" faoliyati deputatlar tomonidan kompleks o‘rganildi
янв.21
Davlat xizmatlari markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganildi
DEPUTAT NAZORATI OSTIDA QURILISH ISHLARI IZCHIL OLIB BORILMOQDA

 DEPUTAT NAZORATI OSTIDA QURILISH ISHLARI IZCHIL OLIB BORILMOQDA

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati Mahmud Saidov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–393-sonli qarori asosida investitsiya dasturiga kiritilgan «Temir yo‘l» MFYdagi 47-son maktabgacha ta’lim tashkilotini rekonstruksiya qilish loyihasi doimiy nazoratga olingan.

Mazkur loyiha doirasida mavjud 60 o‘rinli bino o‘rnida 90 o‘rinli yangi zamonaviy maktabgacha ta’lim binosi barpo etilmoqda.

Deputat qurilish maydonida bo‘lib, amalga oshirilayotgan ishlar sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi, loyiha talabiga muvofiqligini o‘rgandi.

Mas’ul mutasaddilar bilan suhbat o‘tkazilib, aniqlangan masala yuzasidan topshiriqlar berildi.

Yangi maktabgacha ta’lim muassasasining foydalanishga topshirilishi bolajon uchun zamonaviy va qulay ta’lim-tarbiya sharoitini yaratishga xizmat qiladi.

✅ Deputatlik nazorati — sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarining muhim kafolatidir.

Slide 1 of 4