Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi deputati M. Karimovaga fuqarolar tomonidan ichimlik suvi ta’minoti yuzasidan kelib tushgan murojaatlar o‘rganildi.
Deputat tashabbusi bilan tuman ichimlik suvi ta’minoti korxonasi mutaxassislari bilan hamkorlikda murojaatlar joyiga chiqqan holda ko‘rib chiqildi. O‘rganishlar natijasida mavjud muammolar bartaraf etilib, fuqarolarning murojaatlari ijobiy hal etildi.
Deputat tomonidan aholini qiynayotgan masalalarni o‘z vaqtida hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikdagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.