35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida mas’ul rahbarlarning hisobotlari eshitildi
янв.21
📌 Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi ✅
янв.21
Ibn Sino MFY hududidagi ichki yo‘llarni shag‘allashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
🏫 32-sonli umumta’lim maktabidagi tayyorgarlik ishlari o‘rganildi
янв.21
Oʻzbek MFYdagi 9-son maktabning qayta qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT AXBOROTI: 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI YAKUNLARI BO‘YICHA DEPUTATLIK FAOLIYATI YUZASIDAN BOBOHOJI MFY AHOLISIGA AXBOROT BERILDI
янв.21
Peshku tuman Navoiy mahallasida mahalla "yettiligi" faoliyati deputatlar tomonidan kompleks o‘rganildi
янв.21
Davlat xizmatlari markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganildi
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati X.Abdullayev tomonidan o‘z saylov okrugi hududiga qarashli “Mingtut” mahalla fuqarolar yig‘inida hokim yordamchisi Y.Soliyevning O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 26-apreldagi O‘RQ-327-sonli “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi hamda 2012-yil 2-maydagi O‘RQ-328-sonli “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunlari ijrosi yuzasidan amalga oshirayotgan ishlari o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalla hududida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi. Xususan, hokim yordamchisi ko‘magida hududda faoliyat yuritayotgan 2 nafar yakka tartibdagi tadbirkorga jami 80 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratilgani, ushbu mablag‘lar hisobidan ularning savdo faoliyatini kengaytirish va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarini rivojlantirish ishlari yo‘lga qo‘yilgani qayd etildi.

Shuningdek, tadbirkorlar bilan uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorlariga muvofiq 2026-yil 1-iyuldan boshlab savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida hisob-kitoblarni QR-kod orqali amalga oshirish tartibi yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Tadbirkorlarga QR-kod orqali to‘lovlarni qabul qilishning afzalliklari, moliyaviy shaffoflikni ta’minlash hamda zamonaviy raqamli xizmatlardan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Bundan tashqari, tadbirkorlar bilan amaldagi qonunchilikda belgilangan imtiyoz va preferensiyalardan foydalanish imkoniyatlari, murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi, davlat tomonidan yaratilayotgan qulay biznes muhiti hamda oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3