35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida mas’ul rahbarlarning hisobotlari eshitildi
янв.21
📌 Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi ✅
янв.21
Ibn Sino MFY hududidagi ichki yo‘llarni shag‘allashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
🏫 32-sonli umumta’lim maktabidagi tayyorgarlik ishlari o‘rganildi
янв.21
Oʻzbek MFYdagi 9-son maktabning qayta qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT AXBOROTI: 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI YAKUNLARI BO‘YICHA DEPUTATLIK FAOLIYATI YUZASIDAN BOBOHOJI MFY AHOLISIGA AXBOROT BERILDI
янв.21
Peshku tuman Navoiy mahallasida mahalla "yettiligi" faoliyati deputatlar tomonidan kompleks o‘rganildi
янв.21
Davlat xizmatlari markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganildi
Bogʻot tumanida aholi murojaatlari bilan ishlash holati muhokama qilindi

Hisobotga ko‘ra, joriy yilning birinchi yarmida tumanda 1 968 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan 1 766 tasi ko‘rib chiqilgan, 202 tasi o‘rganish jarayonida. Ko‘rib chiqilgan murojaatlarning 828 tasi ijobiy hal etilgan. Shu bilan birga, murojaatlarni ijobiy hal etish darajasi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan pasaygani qayd etildi.

Sessiya davomida gaz ballonlarini to‘ldirish, ijtimoiy nafaqalar, bir martalik moddiy yordam, elektr ta’minoti, aliment undirish va ish bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha murojaatlar holati tahlil qilindi. Shuningdek, takroriy va jamoaviy murojaatlar soni, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish sifati hamda mas’ul tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborotlar eshitildi.

Muhokamalar davomida murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, fuqarolar muammolarini o‘z vaqtida hal etish, sayyor qabullarni tizimli tashkil qilish, mahalla yettiligi bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda murojaatlar ko‘p tushayotgan tashkilotlar faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.

Muhokamalar yakunida tuman hokimi J.Nazarovning hisoboti qoniqarli deb topildi. Murojaatlar soni yuqori bo‘lgan sohalar va mahallalarda mavjud muammolarni bartaraf etish, tegishli "yo‘l xaritalari"ni ishlab chiqish, sayyor qabullarni tizimli tashkil etish hamda mas’ul tashkilotlar faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi.

Qaror ijrosi ustidan nazorat Xalq deputatlari Bogʻot tumani Kengashining doimiy komissiyalari zimmasiga yuklatildi.