35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida mas’ul rahbarlarning hisobotlari eshitildi
янв.21
📌 Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi ✅
янв.21
Ibn Sino MFY hududidagi ichki yo‘llarni shag‘allashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
🏫 32-sonli umumta’lim maktabidagi tayyorgarlik ishlari o‘rganildi
янв.21
Oʻzbek MFYdagi 9-son maktabning qayta qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT AXBOROTI: 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI YAKUNLARI BO‘YICHA DEPUTATLIK FAOLIYATI YUZASIDAN BOBOHOJI MFY AHOLISIGA AXBOROT BERILDI
янв.21
Peshku tuman Navoiy mahallasida mahalla "yettiligi" faoliyati deputatlar tomonidan kompleks o‘rganildi
янв.21
Davlat xizmatlari markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganildi
Ko‘liyon mahallasida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi

️Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 23-Ko‘liyon saylov okrugidan saylangan deputat U. Ro‘ziyev tashabbusi bilan "Ko‘liyon" mahallasi hududida obodonlashtirish ishlari tashkil etildi.
✔️Tadbir doirasida mahalla hududini ozoda va obod saqlash, sanitariya holatini yaxshilash hamda aholi uchun yanada qulay muhit yaratishga qaratilgan ishlar amalga oshirildi. Xususan, ko‘cha atroflari chiqindilardan tozalandi, hududlar tartibga keltirildi va yashil hududlarni parvarishlash ishlariga alohida e’tibor qaratildi.
✔️Mazkur tashabbus mahalla aholisi tomonidan iliq qarshi olinib, fuqarolar ham obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etdilar. Bu kabi amaliy ishlar mahallalarning yanada ko‘rkam qiyofa kasb etishi, ekologik muhitning yaxshilanishi va aholi turmush farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda.
✔️Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputatlari tomonidan hududlarni obodonlashtirish, aholi murojaatlarini ijobiy hal etish hamda mahallalar infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 3