35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oʻzbek MFYdagi 9-son maktabning qayta qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT AXBOROTI: 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI YAKUNLARI BO‘YICHA DEPUTATLIK FAOLIYATI YUZASIDAN BOBOHOJI MFY AHOLISIGA AXBOROT BERILDI
янв.21
Peshku tuman Navoiy mahallasida mahalla "yettiligi" faoliyati deputatlar tomonidan kompleks o‘rganildi
янв.21
Davlat xizmatlari markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Guliston mahallasida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Ichki ko‘chalarda amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari nazorat qilindi
янв.21
Mahalladagi ijtimoiy soha obyektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ta’lim sifati va sharoitlar deputatlar nazoratida
DEPUTATNING IKKINCHI CHORAK FAOLIYATI YUZASIDAN SAYLOVCHILAR OLDIDAGI AXBOROTI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Imamov Sanjarali Tolkinovich 16-"Beshqo‘rg‘on" saylov okrugi saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida deputat 2026-yilning ikkinchi choragi mobaynida amalga oshirilgan faoliyati yuzasidan saylovchilarga batafsil axborot berib, deputatlik vakolatlari doirasida bajarilgan ishlar, fuqarolar murojaatlari ijrosi, deputatlik nazorati, hududlarda olib borilgan o‘rganishlar, ilgari surilgan tashabbuslar hamda ularning amaliy natijalari to‘g‘risida AXBOROT taqdim etdi.

Qayd etilganidek,ushbu davrida deputat o‘z faoliyatini 24 ta muhim tavsiya asosida tizimli ravishda tashkil etib, ularning izchil ijrosini ta’minlashga alohida e’tibor qaratdi. Mazkur tavsiyalar doirasida saylovchilar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, hududlarda mavjud muammolarni o‘rganish, mahalliy budjet mablag‘laridan samarali foydalanish, investitsiyalarni jalb etish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda aholi manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Hisobot davomida ta’kidlanganidek, 2-chorakda deputat Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining 3 ta sessiyasida faol ishtirok etdi. Mazkur davrda Kengash tomonidan tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mahalliy budjet mablag‘laridan samarali foydalanish hamda hududlardagi dolzarb masalalarni hal etishga qaratilgan 40 ta qaror qabul qilinib, deputat ularni muhokama qilish va qabul qilish jarayonlarida faol ishtirok etdi.

Shuningdek, Imamov Sanjarali Tolkinovich Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi sifatida samarali faoliyat yuritdi. Hisobot davrida doimiy komissiya tomonidan 18 ta qaror qabul qilinib, ularda budjet mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish, investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda hududlarning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga oid masalalar ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv davomida deputat tomonidan saylov okrugida olib borilgan amaliy ishlar yuzasidan ham batafsil axborot berildi. Xususan, 2026-yil 5-aprel kuni Toshkent shahridagi "Beshqo‘rg‘on" savdo majmuasida sodir bo‘lgan yong‘in hodisasi joyida o‘rganilib, yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishi holati tahlil qilindi. O‘rganish natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, yong‘in xavfsizligi tizimini takomillashtirish hamda mas’ul tashkilotlar faoliyatini yanada kuchaytirish bo‘yicha tegishli takliflar ishlab chiqish tashabbusi ilgari surildi.

Shuningdek, Beshqo‘rg‘on va Tirsakobod mahallalarida fuqarolar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar, hududlarni obodonlashtirish, kommunal infratuzilmani yaxshilash, ichimlik suvi ta’minoti, sanitariya holatini yaxshilash hamda 33-son oilaviy poliklinika filialini kapital ta’mirlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Deputat tomonidan 270-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan "Yangi Renessans avlodlari — qadriyatlarimiz davomchilari" mavzusidagi madaniy-ma’rifiy tadbirda ishtirok etilgani hamda mahallalarda obodonlashtirish ishlari muntazam nazorat qilib borilgani alohida qayd etildi.

Hisobotda fuqarolar murojaatlari asosida tegishli tashkilotlarga yuborilgan deputat so‘rovlari yuzasidan ham axborot berildi.
Jumladan, "Afrosiyob" poyezdi yo‘nalishidagi piyodalar o‘tish joylarini nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulaylashtirish, Beshqo‘rg‘on mahallasidagi eskirgan ichimlik suvi tarmoqlarini yangilash hamda boshqa dolzarb masalalarni hal etish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot taqdim etildi.

Ta’kidlanganidek, hisobot davrida deputat tomonidan 24 marotaba fuqarolar qabuli o‘tkazildi. Qabullar davomida bandlik, ijtimoiy himoya, moddiy yordam, sog‘liqni saqlash, elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi ta’minoti va boshqa masalalar yuzasidan kelib tushgan murojaatlar ko‘rib chiqildi. Murojaatlarning asosiy qismi ijobiy hal etildi, qolganlari esa ijrosi ta’minlanishi uchun tegishli tashkilotlarga yuborilib, deputat nazoratiga olindi.

Uchrashuv yakunida saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar muhokama qilinib, ularni qonunchilik doirasida hal etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi. Deputat kelgusida ham saylovchilar bilan ochiq va samarali muloqotni davom ettirish, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda hududni kompleks rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarni izchil amalga oshirish ustuvor vazifa bo‘lib qolishini ta’kidladi.

Slide 1 of 6